Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 14 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

ZAMONAVIY «TERMIZ» DALA-O'QUV MAYDONI

×

 2020-06-20 08:42:18    182

PDF yuklash
Chop etish


“Mustahkam saflar – metindek qalqon”

         Mamlakatimiz armiyasi nafaqat mintaqada, balki jahon miqyosida ham o'z nufuziga ega. Bu nufuz harbiy xizmatchilarning jangovar shayligi bilan belgilanadi. Jangovar qudrat esa, shubhasiz, dala-o'quv maydonlarida toblanadi. Bugungi kunda yurtimizning barcha harbiy okruglarida qo'shin turlarining zamonaviy jang amaliyotlarini jahon standartida tatbiq etishlari uchun ana shunday dala-o'quv maydonlari qaytadan bunyod etilayotir.

         Janubi-g'arbiy maxsus harbiy okrugning «Termiz» dala-o'quv maydonida ham 2019 yilning oktyabrь oyidan 2020 yilning may oylariga qadar Mudofaa vazirligi hamda Surxondaryo viloyati harbiy-ma'muriy sektori tomonidan keng ko'lamli bunyodkorlik va rekonstruktsiya ishlari amalga oshirildi.

         Yaqinda Surxondaryo viloyatida joylashgan harbiy qism va «Termiz» okrug dala-o'quv maydonining tantanali ochilish marosimi bo'lib o'tdi.

         Unda O'zbekiston mudofaa vaziri general-mayor Bahodir Qurbonov, Surxondaryo viloyati hokimi To'ra Bobolov, Janubi-g'arbiy maxsus harbiy okrug qo'mondonligi, davlat va jamoat tashkilotlari mas'ullari, Qurolli Kuchlar va bir guruh mehnat faxriylari hamda O'zbekiston yoshlar ittifoqi faollari ishtirok etdilar.

         Ochilish marosimi avvalida davlatimiz madhiyasi yangradi.

         So'z olganlar mazkur poligonda yaratilgan infratuzilmalarning Janubiy operativ yo'nalishda xizmat burchini ado etayotgan Vatan himoyachilarining jangovar, ma'naviy va jismoniy tayyorgarliklarini  yanada oshirishdagi ahamiyati xususida to'xtaldi.

         Mudofaa vaziri Surxondaryo harbiy-ma'muriy sektori rahbari, viloyat hokimi T. Bobolovni poligon rekonstruktsiyasiga qo'shgan hissasi uchun munosib taqdirladi.

         Mazkur harbiy qism hududi 38 gektar maydonda joylashgan bo'lib, turli ob'ektlar, bog' va ochiq sport maydonlaridan iborat. Harbiy qism inshootlarida to'liq kapital ta'mirlash hamda qurilish ishlari amalga oshirildi. Shtab, tibbiyot punkti va o'quv binosi zamonaviy andazalar asosida ta'mirlandi. O'quv binosida harbiy xizmatchilar taktik, texnik, otish tayyorgarliklari, ommaviy qirg'in qurollaridan himoyalanish fanlarining nazariy asoslarini puxta o'zlashtirishlari uchun barcha turdagi zamonaviy o'quv ko'rgazmalari mavjud. Mazkur harbiy qismning yondosh hududida «Termiz» okrug dala-o'quv poligoni joylashgan bo'lib, uning maydoni 128 000 gektarni tashkil etadi.

         Yangidan qurib bitkazilgan harbiy qism oshxonasi esa bir vaqtning o'zida 1 000 nafar harbiy xizmatchini o'z bag'riga sig'diradi. 4 ta yotoqxonada mukammal ta'mirlash ishlari olib borilib, bir vaqtning o'zida 1 300 nafar harbiy xizmatchini joylashtirish uchun barcha sharoitlar muhayyo.

         Zamonaviy trenajyorlar va anjomlar bilan jihozlangan sport zalida bir vaqtning o'zida 80 – 100 nafar harbiy xizmatchi boks, kurash, qo'l jangi, tosh ko'tarish hamda jismoniy mashg'ulotlar bilan shug'ullanishi mumkin.

         Ishtirokchilar poligonning barcha o'quv nuqtalari bilan tanisharkan, harbiy xizmatchilarning jangovar imkoniyatlarini bevosita kuzatdi.

         Yuqori saviyada tashkil etilgan majmuaviy dala-o'quv mashg'ulotlari chog'ida tadbir ishtirokchilari va mehmonlar janubiy sarhadlarda turli mutaxassisliklarda xizmat qilayotgan Vatanimiz himoya¬chilarining jangovar va taktik kuch-qudrati qay darajada ekanligi haqida tasavvurga ega bo'lishdi. Tog' tayyorgarligi mutaxassislari, muhandislar, razvedkachilar, ommaviy qirg'in qurollaridan himoyalanish yo'lak¬laridagi mashg'ulotlar ham mehmonlarda yorqin taassurot qoldirdi.

         Bugungi kunda milliy armiyamizning kuch-qudrati poligonlarda, zamonaviy harbiy trenajyor maydonlarida toblanib, tobora yuksalib borayotir. Bu o'g'lonlarning qudratini ko'rib, yurtimiz himoyasi ishonch¬li qo'llarda ekanligiga amin bo'lamiz.

                   Alibek OMONTURDIEV