Muammo va kamchiliklar o’rganilib, tizimli hal etilmoqda
2020-06-15 19:37:44 168
Muammo va kamchiliklar o’rganilib, tizimli hal etilmoqda
Yurtboshimiz ta'biri bilan aytganda, insonlarning dardu tashvishlarini uylab yashash-odamiylikning eng oliy mezonidir. Shu sabab, mamlakatimizda inson manfiati davlat siyosatining ustuvor yunalishlaridan biriga aylangan. Bugun xalk davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalk uchun xizmat kilishi lozimligi davr va zamon talabidir.
Tumanimizning sektorlar kesimida tashkil etilgan ishchi guruhlar faoliyati shuni ko’rsatmoqdaki, aholini qiynayotgan muammo va kamchiliklar asosan joyida, bosqichma-bosqich hal etilmoqda. Respublikadan kelgan ishchi guruh vakillarining say-harakatlari bilan fuqarolarimiz oldidagi ijtimoiy muammolar ham o’z vaqtida hal etilayotgani xalqimizning quvonchiga sabab bo’layotir.
Sektorlarda ish olib borayotgan ishchi guruh vakillarining bir kunlik faoliyatga nazar solamiz. Bizgu yetgan ma'lumotlarga ko’ra barcha sektorlar kesimida shu kungacha mingga yaqin muammo aniqlanib, ulardan qariyb 900 tasi joyida hal etilgan. Mutasaddiylarning bizga bergan ma'lumotiga ko’ra, hal etilmagan muammo va kamchiliklar asosan viloyat va Respublika vakolatidagi muammolar yoki Davlat dasturiga kiritilib, hal etilishi kutilayotgan kamchiliklar hisoblanadi.
Fuqarolarning muammolarini o’rganish va ularga amaliy yordam berish yuzasidan Bosh vazir qabulxonasi tuman bo’limihokimligi binosida tashkil etilayotgan qabullarda ham aksariyat muammolar joyida hal etilmoqda. Bugun ishchi guruh vakillari tomonidan 12 nafar fuqarolarning murojaati qabul qilindi. Kelib tushgan murojaatlarning asosini ishga joylash, kredit olish va tibbiy yordam ko’rsatish masalalari tashkil etadi.
Bevosita tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmo’sayev tomonidan ham mahallalarda ijtimoiy-ma'naviy muhitni barqarorlashtirish, aholi muamolarini o’rganish maqsadida aholi bilan uchrashuvlar tashkil etilmoqda. Tuman hokimi ishtirokida Chumoqcha va Zangat mahalla fuqarolar yig'inida uchrashuv o’tkazildi. Uchrashuvda so’z olgan tuman hokimi haqiqatan ham xalqimizni qiynayotgan muammolar ko’pligi va barcha kamchiliklarni bosiqchma-bosqich hal etilishini ta'kidladi.
-“Agar biz Siz bilan birtanu birjon bo’lib, tumanimiz rivojiga hissa qo’shish maqsadida harakat qilsak, albatta, muammolarni yechilishiga va Suxning obodonchiligi, uning gullab-yashnashiga muyassar bo’lgan bo’lamiz. Buning uchun, bir yoqadan bosh chiqarib, intilish lozim”, - dedi tuman hokimi Chumoqcha mahalla fuqarolar yig'ini fuqarolari bilan bo’lib o’tgan uchrashuvda.
Hech kimga sir emas, xalqimiz yo’lida g'ov bo’lgan, o’z yechimini kutayotgan muammo va kamchililklar talaygina. Misol uchun, Chumoqcha va Zangat mahalla fuqarolar yig'inidagi eng dolzarb muammo – tabiiy gaz bilan ta'minlash va suv tanqisligi hisoblanadi. Shuningdek, tuman hokimi bilan bo’lib o’tgan uchrashuvda mahalla ahli aholini Sux tumanida ishlab chiqarilgan un mahsuloti bilan ta'minlash masalasini ham yechilishida amaliy ko’mak berishni ta'kidlashdi. Endilikda fuqarolarni un mahsuloti bilan ta'minlash uchun tuman un ishlab chiqarish korxonasida 22,5 kilogrammli mahsulot ishlab chiqarilib, aholiga yetkazib beriladi. Barcha fuqarolarga un mahsulotni yetkazish maqsadida mahala mutasaddilari tomonidan ro’yixat shakllantiriladi va albatta mahalla raislari ham bu ishda namuna bo’lishlari kerak.
Safedkon mahallasida bo’lib o’tgan uchrashuvda ham aholi tomonidan tabiiy gaz ta'minoti, suv, elektr-energiyasi ta'minotidagi muammolar haqida gapirildi. Mahalla ahli Safedkonda maktabgacha ta'lim tashkiloti yo’qligi haqida ham tuman hokimiga murojaat etidshi. Qayd etilgan barcha muammolar hukumat tomonidan davlat dasturi asosida hal etib berilishini tuman hokimi qayd etdi.
Murojaatlar asosida mahallalarda muammo va kamchiliklarni yechish bo’yicha ham tizimli ishlar olib borilmoqda. Misol uchun, Chashma mahalasidagi “Ko’hsor” ko’chasida yashovchi aholi nomidan ichimlik suvi muammosi haqida murojaat kelib tushgan. “Rahmat ishchi guruh vaillariga, ularning ko’magi bois, mahallamizga obi hayot keladigan bo’ldi. Hozirgi kunda mahallamizga 1 100 metr masofaga ichimlik suvi quvuri tortish ishlari borildi. Barcha 86 ta xondaon ahli nomidan minnatdorchilik bildiramiz”, - deydi mahallada yashovchi Sho’hrat Boltayev.
Xuddi shunday muammo sektordagi Mulgon mahalla fuqarolar yig'ini hududida ham hal qilindi. Bu mahallada ham ishchi guruh ko’magi asosida hashar tashkil etilib, suv quvurlari tortildi va endi 48 ta xo’jalik a'zolari obi hayotdan bahramand bo’lish baxtiga muyassar bo’lishdi. - “Bizning ko’chamizda 48 ta xo’jalik mavjud bo’lib, hammamiz suv tanqisligidan yaziyat chekardik, mana bugun bu muammo ham hal etildi va biz bunday ko’makdan minnatdormiz” – deya o’z minnatdorchiligini bildirdi mahallada yashovchi Rahmatjon Olimov.
Ta'kidlash lozimki, qabul jarayonlarida ijtimoiy ko’makka mo’htoj aholi qatlami ham alohida e'tiborga olinmoqda. Misol uchun, Chashma mahallasida yashovchi fuqarolar Rustamn Sharipov, Zangatlik Gulshan Nishonov, Abdumutali Yuldoshev va Chumoqchalik fuqarolar Karimjon Umarov va Sattorjon Mamajonovlarga subsidiya asosida ixcham issiqxona yetkazib berildi. Albatta, bu ham ijtimoiy ko’makka mo’htoj oilalarning daromad olishi, manfaatdor bo’lishiga ko’mak bo’ladi desak, mubolag'a qilmagan bo’lamiz.
Xabaringiz bor, Chashma voqealarida uchta xonadonda yong'in chiqib, ayni vaqtda xonadon sohiblari vaqtincha uy-joy bilan ta'minlanishdi. Ushbu xonadonlarga ham ishchi guruh tomonidan 140 000 so’m miqdoridagi bir martalik pul mablag'i, 6 dona shifer, 34 dona boshqa turdagi qurilish materiallari olib berildi.
Shuni ham alohida ta'kidlash lozimki bugun bevosita Prezidentimiz tomonidan berilayotgan e'tibordan barcha tumanimiz ahli bahramand bo’lishayotir. Misol uchun, tuman Yoshlar Ittifoqi ko’magida 6 nafar yoshlarga kvota asosida oliygohlarga kirish uchun tavsiyalar berildi, shuningdek, davlat dasturi va bevosita davlatimiz rahbari topshirig'iga binoan, Zangat mahallasida “UzMobile” telefon tarmog'ining bazaviy stantsiyasi o’rnatildi. Endilikda aloqa sifati va Internet ham yaxshilanadi. O’zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Farg'ona viloyati boshqarmasi boshlig'i o’rinbosari No’monjon Akbarovning bizga bergan ma'lumotiga ko’ra, endilikda Suxliklar 4G tezligidagi Internetdan foydalanishadi.
Qaqir mahalla fuqarolar yig'inida yashovchi fuqaro Shohida Valiyevadan ham ishchi guruh vakillariga tikuv mashinasi olib berish haqida murojaat tushgan. Bu murojaat ham joyida hal etilganligi murojaatchining haqli ravishdagi roziligiga sabab bo’ldi. “Endi men shu taqdim etilgan tikuv mashinkasidan samarali foydalanishga harakat qilaman”.
Sebzor mahallasida yashovchi fuqarolar Jahongir Halimboyev, Mamadali Mamasharipov, Rishad Rahmonovlarning murojaati ham ijobiy hal etildi. Ular ishchi guruh tavsiyasi asoida Toshken shahrining Tashkent City qurilish ishlariga safarbar qilinadigan bo’lishdi.
Ikkinchi sektor hududidagi Sarikanda mahalla fuqarolar yig'inida ham 40 dan ortiq muammo aniqlanib, ularning 30 dan ortig'i joyida hal etildi.
“Bizning mahallamizda muammolar bosqichma-bosqich hal etilmoqda. Bundan biz juda mamnunmiz. Barcha ishlarda dardimizga malham bo’layotgan Respublikadan kelgan ishchi guruh vakillariga rahmat. O’zimizni Sux tumanida ishlab chiqarilgan un masalasi yetishmovchiligi haqida murojaat qiluvdim, mahallamizga ush kuni 130 qop un olib kelindi va aholiga arzon narxlarda sotildi” – deydi fuqaro Narimon Sherov.
“Men 90 ga kirdim. Mahhallamizda Xudoga shukr, barcha muammo va kamchiliklar ishchi guruh vakillari ko’magida hal etilmoqda. Qo’ltiqtayoq masalasida murojaat qiluvdim, mana rahmat, mutasaddiy idoralar orqali yetkazib berishdi”, - deb bizga yuzlanadi Shodiboy-ota Uzoqov.
Mahallada yashovchi fuqaro Sardorbek Maxsutaliyev ham ishchi guruh ko’magida ishga qabul qilindi: -“Men har yili ishlash uchun Rossiyaning turli shaharlariga borib kelardim. Bu yili koronavirus pandemiyasi tufayli borolmadim. Ishchi guruhga ish masalasida murojaat qildim. Ular ko’magida tuman SEOMga ishga qabul qilishdi. Rahmat, minnatdorman”. Bunday misollarni ko’plab keltirishimiz mumkin. Murojaatlari ijobiy hal etilayotganidan barcha fuqarolar mamnun, minnatdor.
Sektorlar kesimida faoliyat olib borayotgan ishchi guruh ko’magidan bahramand bo’layotgan fuqarolarning davlat va hukumatdan roziligi yaqqol sezilmoqda. Darhaqiqat, bugun quruq va'dalar berish vaqti o’tganligi muammolarni ijobiy hal etilishida ham yaqqol ko’zga tashlanmoqda.
Sux tumani hokimligi Axborot xizmati