So'xliklar amalga oshirilayotgan ishlardan minnatdor
2020-06-15 15:48:55 125
So'xliklar amalga oshirilayotgan ishlardan minnatdor
Davlatimiz rahbarining joriy yil 5–6 iyunь kunlari Farg'ona viloyatiga tashrifi davomida viloyatning chegaradosh hududi bo'lgan So'x tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalariga ham alohida e'tibor qaratilgan edi.
Shundan so'ng, tezkorlik bilan “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ rahbariyati nazorati ostida “Farg'ona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ rahbariyati va mas'ul mutaxassilari tomonidan tumandagi mavjud muammolarni bartaraf etish, aholi turmush darajasini yanada yaxshilash, tuman aholisining elektr energiyasiga bo’lgan ehtiyojlarini qondirish borasida ko'plab takliflar asosida aniq loyihalar ishlab chiqilib, hozirda belgilangan loyihalar asosida bosqichma-bosqich qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, qisqa vaqt ichida So'x tumaniga olib kelingan zarur jihozlar yordamida “Oftobru”, “Sharqobod”, “Navobod”, “Tul”, “Chashma”, “Saribozorcha” hamda “Hushyor”MFYlari hududida yangi transformator punktlari va yangi temir–beton tayanchlari o'rnatish, zamonaviy 0,4 kVli elektr uzatish SIP kabel tarmoqlarini tortish ishlari bajarilmoqda.
Bundan tashqari, joylardagi mavjud elektr kurilmalarning uzoq yillar soz holatda ishlashini ta'minlash maqsadida, mukammal ta'mirlash ishlari ham jadallik bilan amalga oshirilib, transformator punktlari to'liq ta'mirdan chiqarilmoqda. Barcha ishlar viloyatimizning boshqa shahar-tumanlaridan safarbar etilgan montyorlar guruhlari ko’magi asosida amalga oshirilmoqda. Eng asosiysi, bartaraf etilayotgan kamchiliklardan va soha xodimlarining faoliyatidan aholi minnatdor.
Joylarda amalga oshirilayotgan ishlarni xavfsiz va o'z vaqtida bajarilishi “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ rahbariyati tomonidan nazoratga olingan.
Sux tumani hokimligi Axborot xizmati