Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 4 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

SO'XDA ENDI «SVET» O'ChMAYDI

×

 2020-06-12 16:36:34    79

PDF yuklash
Chop etish


SO'XDA ENDI «SVET» O'ChMAYDI

         «Farg'ona hududiy elektr tarmoqlari» aktsiyadorlik jamiyati So'x tumanida «yo'l xaritasi»da belgilangan ishlarni bajarishga kirishdi.

         Asosiy maqsad tumandagi elektr energiyasi ta'minotidagi muammolarni bartaraf etish, tarmoqlarni yangilash va modernizatsiya qilishdir. So'x tumanining elektr ta'minotini yaxshilash maqsadida tumanga 16 ta har xil quvvatdagi transformatorlar, 79 kilometr SIP kabellar, 82 ta temir-beton tayanchlar, 2 tonna ochiq sim, 1254 ta izolyatorlar, 23 ta avtomat rubilьniklar, har xil turdagi himoya vositalari, 1 dona yamabur vositasi olib kelindi. Bu So'x tumanida elektr-energiyasi ta'minotini yanada yaxshilashga xizmat qiladi.

         Sohadagi kamchilik va muammolarni bartaraf etish uchun viloyatdan 75 nafar muhandis-texniklar, elektromontyor va tajribali mutaxassislar safarbar etilgan.

         –Elektr-energiyasi ta'minotini yaxshilash va uning sifatini yanada takomillashtirish uchun bizga albatta, soha mutaxassislarining jalb etilishi juda muhim. Shuningdek, amalga oshiriladigan ishlarni tez va sifatli bajarilishi uchun yuzdan ziyod so'xlik yoshlarni ishga qabul qilish rejalashtirilgan. Bu albatta, yoshlar bandligini ta'minlashda juda katta ahamiyatga ega , – deydi «Farg'ona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi» AJ bosh muhandisi Alisher Nuraliyev. – Birinchi navbatda tumanning Hushyor, Chashma, Sharqobod, Saribozorcha, G'aznov mahallalaridagi elektr energiyasi ta'minotidagi kamchiliklar bartaraf etilayotir. Tumanning boshqa hududlarida ham bu yo'nalishdagi muammo va kamchiliklar bosqichma-bosqich hal etiladi.

         «Mulgon» mahalla fuqarolar yig'inida bugun ish qizg'in. 1,5 kilometr izolyatsiyali elektr kabelь tortilmoqda, 48 ta beton ustun o'rnatildi.

                   Sux tumani hokimligi Axborot xizmati