Elektr-energiyasi ta'minotidagi muammolar barataraf qilinmoqda
2020-06-12 16:18:13 195
Elektr-energiyasi ta'minotidagi muammolar barataraf qilinmoqda
“Ish asbobing soz bo’lsa, mashaqqating oz bo’lar” – deb bejiz aytishmagan dono xalqimiz. Bugun tumaniimzda elektr-energiyasi bilan bog'liq muammo va kamchiliklar aynan eng zamonaviy asbob-uskuna va dastgohlar orqali bartaraf qilinmoqda. Xabaringiz bor, tumanimizga 3 milliard so’mdan ortiq elektr qurilmalari va asbob-uskunalari olib kelindi.
Tumanga soha mutaxassislarning jalb qilinishi Sux va Suxliklar xalqimizning doimiy e'tiborida ekanligidan dalolat. Bugun tumanimizda Sux tuman elektr tarmoqlari korxonasi ishchi-xodimlari bilan birgalikda viloyatimizning Farg'ona, Oltiariq, Quva, Qo’shtepa tumanlari va Farg'ona viloyati ETRX ishchi-xodim va malakali mutaxassislari sohadagi muammolarni yechish va kamchiliklarni bartaraf etilishidagi say-harakatlarini alohida e'tirof etish lozim.
Barcha ishlar tuzilgan maxsus rejaga asosan olib borilmoqda. Sux tuman ETK bosh muhandisi Orifjon Raupovning so’zlariga ko’ra: -“Rejaga asosan bugun va ertaga viloyatimizning shahar va tumanlaridan kelgan kasbdoshlarimiz tumanimizning Chashma, Hushyor, Mulgon, Toshqura, Saribozorcha mahallalarida qurilish-montaj ishlarini olib borishadi. Bu mahallalarda temir-beton tayanchlari o’rnatish, 0,4 kVli SIP2 rusumdagi kabel tarmog'ini tortish, 10 kVli havo tarmog'ida 10 kVli temir-beton tayanchlari o’rnatish ishlari olib boriladi. Sux tumani elektr tarmoqlari ishchi-xodimlari Lenburg mahalla fuqarolar yig'ini aholisi tomonidan tushgan murojaatlarni bartaraf etishga jalb qilingan”.
Avval xabar berganimizdek, tumanga 75 nafar muhandis-texniklar, elektromontyor va tajribali mutaxassislar ham safarbar etilgan. Ishlar tuzilgan 6ta brigada tomonidan olib borilmoqda.
Sux tumani hokimligi Axborot xizmati