Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 104 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Berilayotgan e'tibor Suxliklarni nurli manzillar sari yetaklamoqda

×

 2020-06-11 14:43:19    118

PDF yuklash
Chop etish


Berilayotgan e'tibor Suxliklarni nurli manzillar sari yetaklamoqda

         Prezidentimiz va bevosita Respublika hukumatining Sux tumaniga berilayotgan e'tibori tuman ahlini nurli manzillar sari yetaklaydi desak, aslo mubolag'a qilmagan bo’lamiz. Aslida qilinayotgan barcha ezgu amallar va berilayotgan e'tibordan tuman ahli shod va minnatdor. 2020 yil 10 iyun kuni. Kech soat 23-00. Chashma mahalasidagi O’zbekiston-Qirg'iziston chegara nazorat-o’tkazish punktidan karantin talablariga to’liq rioya qilingan holda Sux tumani tomon mashinalar karvoni kirib keldi. Olib kelingan elektr qurilmalari va jihozlari Sux tumani uchun, Suxlik fuqarolar uchun. Zotan, bu manzara Sux va Suxliklar xalqimizning doimiy e'tiborida ekanligining yaqqol dalolatidir.

Farg'ona hududiy elektr tarmoqlari investitsion loyihalarni amalga oshirish bo’limi  boshlig'i Alijon Ahmedovning ma'lumotiga ko’ra, tumanga qiymati 3 milliard so’mdan ortiq elektr qurilmalari va asbob-uskunalari olib kelindi.

 - “Asosiy maqsad Hukumatimiz e'tibori doirasida tumandagi elektr energiyasidan bo’lgan muammolarni bartaraf etish, tarmoqlarni yangilash va modernizatsiya qilishdan iboratdir. So'x tumanining elektr ta'minotini yaxshilash maqsadida tumanga 16 ta har xil quvvatdagi transformatorlar, 79 kilometr SIP kabellar, 82 ta temir-beton tayanchlar, 2 tonna ochiq sim, 1254 ta izolyatorlar, 23 ta avtomat rubilniklar, har xil turdagi himoya vositalari, 1 dona yamabur vositasi olib kelindi. Bu Sux tumanida elektr energiyasi ta'minotidagi sifatni yanada yaxshilash imkoniyatini beradi”, - deydi biz bilan so’hbatda Alijon Ahmedov.

         Sohadagi kamchilik va muammolarni bartaraf etish uchun viloyatdan Sux tumaniga 75 nafar muhandis-texniklar, elektromontyor va tajribali mutaxassislar ham safarbar etildi. “Elektr energiyasi ta'minotini yaxshilash va uning sifatini yanada mukammallashtirish uchun bizga albatta, soha mutaxassislarining jalb etilishi juda muhim. Shuningdek, amalga oshiriladigan ishlarni tez va sifatli bajarilishi uchun Suxlik yoshlar hisobidan ishga qabul qilish ham rejalashtirilgan. Bu albatta, yoshlar bandligini ta'minlashda juda katta ahamiyatga ega” , - deydi "Farg'ona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi" AJ bosh muhandisi Alisher Nuraliyev.

         Shuni ham alohida ta'kidlash lozimki, Respublikadan tashrif buyurgan ishchi guruh vakillari tomonidan fuqarolar murojaatlarini o’rganish natijasi ham shuni ko’rsatmoqdaki, tumanda asosan elektr energiyasi ta'minotidagi kamchilik va bartaraf etilishi lozim bo’lgan muammolar talaygina. Endilikda ushbu muammo va kamchiliklar berilayotgan e'tibor tufayli bartaraf etiladi.

         So'x tuman elektr ta'minoti korxonasi rahbari Sherzod Rahimovning bizga bergan ma'lumotiga ko’ra, - “Birinchi navbatda tumanning Hushyor, Chashma, Sharqobod, Saribozorcha, G'aznov mahallalaridagi elektr energiyasi ta'minotidagi kamchiliklarni yechishga barcha kuch va vositalarni safarbar etamiz. Tumanimizning boshqa hududlarida ham elektr energiyasiga bog'liq muammo va kamchiliklar bosqichma-bosqich hal etiladi”.

         Ha, davlatimiz rahbarining bevosita tashabbusi va ko’rsatmasiga binoan  viloyatning chegaradosh hududi bo'lgan So'x tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalariga bugun alohida e'tibor qaratilmoqda. Aytish mumkinki, bugun viloyatimizning eng chekka tumani – Sux taraqqiyotning yangi bosqichiga qadam qo’ymoqda.

Sux tumani hokimligi Axborot xizmati