Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 38 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Sux tumani aholisiga GPON texnologiyalari asosida 536-portli aloqa vositalari yetkazib beriladi

×

 2020-06-10 09:08:03    90

PDF yuklash
Chop etish


Sux tumani aholisiga GPON texnologiyalari asosida 536-portli aloqa vositalari yetkazib beriladi

         2020 yil 3 iyun kuni Sux tumanidagi O’zbekiston Respublikasi Bosh vaziri boshchiligida bo’lib o’tgan faollar yig'ilishida tumanda aloqa sohasida muammolar borligi, tuman ahli asosan, Qirg'iziston Respublikasi simkartalaridan foydalanib kelayotganliklari qayd etilgan edi. Tuman aholisi Vatanimizning Uz Mobile, Beeline, UMS, U Cell kompaniyalari aloqa vositalari bilan ta'minlangan bo’lsada, lekin aloqa butun tumanni qamrab olmagan. Tog'li hududda joylashgani bois, aloqa to’lqinlari tumanning barcha hududlariga yetib bormaydi.

         Bugun tumanimizga O’zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining bir guruh vakillari yetib kelishdi. “Tashrifdan asosiy maqsad tumandagi aloqa sohasida mavjud bo’lgan muammo-kamchilikarni bartaraf etish, eng asosiysi, Internet tezligiga erishish va har bir hududda aloqa vositalarini uzluksiz ta'minlab berishdan iborat”, - deydi biz bilan so’hbatda O’zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining o’rinbosari, AKT bo’yicha maslahatchi Almatov Bahrom Adhamovich.

         “Tumanga vazirlikning 55 nafar mutaxassislari yetib kelishdi. Asosiy maqsad joylardagi kamchilik va muammolarni aniqlab, bartaraf etish va tuman aloqa sohasidagi nosozliklarni yechishdan iborat. Tumanga barcha zaruriy texnikalar bilan birgalikda aloqa sohasining eng zamonaviy asbob-uskunalari, shuningdek, 62 000 metr optik kabel, betonli tanyachlar olib kelindi. Tuman aholisiga GPON texnologiyalari asosida aloqa vositalari va Internet yetkazib beriladi”, - deydi “O’ztelekom” AK Farg'ona filiali direktori  Asqarov Ixtiyor Baxtiyorovich.

         Shuni ham alohida ta'kidlash lozimki, tumanimizga UMS, U Cell, Uz Mobile kompaniyalari vakillari mavjud aloqa vositalari sifatini yanada yaxshilash maqsadida tashrif buyurishdi. Yana bir muhim jihat: yoshlar bandligini ta'minlash bo’yicha ham vazirlik vakillari tomonidan yaxshi ishlar amalga oshirilmoqda. Aloqa sohasi vakillariga yordamchi kuch sifatida yoshlarning 20 nafari vaqtincha ish bilan ta'minlanadigan bo’ldi.

         “Men Istiqlol mahalla fuqarolar yig'inida yashayman va har yili ishlash uchun Rossiyaning Irkutsk shahriga borib kelardim. Koronavirus pendemiyasi sabab bu yili tumanimizda qoldim. Ayni damda ishsizman. Aloqa vakillarining taklifiga rozi bo’ldim, chunki bu sohaga qiziqishim baland. Bir oyda 1 500 000 so’mgacha maosh berisharkan. Albatta bu e'tibordan biz yoshlar juda mamnunmiz”, - deydi Faridun Majidov. Faridun bilan birgalikda Navobod mahallasidan Ilhom Subhonov, Oftobru mahallasidan Otabek Musoyev va G'ayratjon Ergashevlar vaqtinchalik ish bilan ta'minlanadigan bo’lishdi. “O’z Vatanimizda, tumanimizda ishlab oylik olish va eng muhimi, oila-a'zolarimiz, ota-onalarimiz bag'rida ishlash eng zo’r imkoniyat”, - deya yoshlarga yuzlanadi aloqa bo’limi operatori Umidjon Mansurov.


         Ha, bugun Prezidentimiz e'tibori tufayli Sux tumani taraqqiyot va rivojlanishning yangi bosqichiga qadam qo’ymoqda. Tumanni rivojlantirish, uning ravnaqiga hissa qo’shish barcha Suxliklarning burchi va vazifasidir.

                   Sux tumani hokimligi Axborot xizmati