Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 30 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

So'x tumani: Ichimlik suvi ta'minoti yanada yaxshilanadi

×

 2020-06-09 19:01:56    183

PDF yuklash
Chop etish


So'x tumani: Ichimlik suvi ta'minoti yanada yaxshilanadi

         Uy-joy kommunal xizmat ko'rsatish vaziri M.Soliyev mutaxassislar bilan birgalikda Farg'ona viloyati So'x tumanida bo'lib, aholining sohadagi muammolarini o'rgandi.

 Aniqlangan kamchiliklar va muammolarni bartaraf etish bo'yicha “yo'l xaritasi” ishlab chiqildi.

         Bugungi kunda tumanda 27 ta mahalla fuqarolar yig'ini bo'lib, 76 foiz markazlashgan ichimlik suvi bilan ta'minlangan. Ma'lum bo'lishicha, aholi 4 dona buloqdan ham suv iste'mol qiladi. O'tgan yilda “Obod qishloq” dasturi doirasida “Xushyor”, “G'aznov”, “Mulgon” mahalla fuqarolar yig'inlarida 6,1 kilometr ichimlik suv tarmoqlari tortildi. “Farg'ona suv ta'minoti” mas'uliyati cheklangan jamiyatining o'z mablag'lari hisobidan 3 dona ichimlik suv nasoslarini o'rnatish va 8,8 kilometr ichimlik suv tarmoqlari tortish ishlari amalga oshirildi.

         Mazkur qurilish-montaj ishlari natijasida 1 ming 627 nafar aholi ilk bor ichimlik suv ta'minoti bilan ta'minlandi. Joriy yilning o'tgan davrida esa 1,1 kilometr ichimlik suv tarmog'i tortildi.

         Bugungi kunda tuman aholisini ichimlik suvi bilan ta'minlash muhim vazifalardan biridir. Ishchi guruh tomonidan har bir mahallada o'rgnaishlar olib borildi, aholining murojaatlari ko'rib chiqildi. Aniqlanishicha, tumanda 147,2 kilometr ichimlik suv tarmog'ining 16 kilometri ta'mirtalab. Shuningdek, tuman miqyosida 24 ta ichimlik suv quduqlari bo'lib, ularning ba'zilarida ta'mirlash ishlari bajarilishi kerak.

          Ana shulardan kelib chiqib, 2020-2021 yillarda amalga oshiriladigan ishlar belgilab olindi. Xususan, “Oftobru”, “Tul”, “Hushyor”, “Qaqir” kabi 16 ta mahalla fuqarolar yig'inlarida yashovchi aholini ichimlik suv bilan ta'minlash maqsadida 25 milliard so'm mablag'lar doirasida 30,5 kilometr ichimlik suv tarmog'i tortiladi. 11 dona ichimlik suv inshootini qurish va rekonstruktsiya qilish, 9 dona yangi ichimlik suv qudug'i qazish, 7 dona ichimlik suv havzasini qurish kabi ishlar rejalashtirilgan. Mazkur ishlar natijasida So'x tumanida istiqomat qiluvchi 33 ming 800 nafar fuqarolar yoki 91,2 foiz toza ichimlik suvi bilan ta'minlanadi.

                                                        M.SULAYMONOV - O'zA