Boshpanasiz qolgan fuqarolar uy-joy bilan taʼminlandi
2020-06-08 16:21:54 143
Boshpanasiz qolgan fuqarolar uy-joy bilan taʼminlandi
O’tgan hafta butun dunyo hamjamiyatining diqqat-eʼtibori Chashma mahalla fuqarolar yigʼinida O’zbekiston Respublikasi va qo’shnei Qirgʼiziston respublikaasi fuqarolari o’rtasida yuzaga kelgan moljaro tufayli Sux tumaniga qaratilgan edi. Chashma qishlogʼida yuzaga kelgan mojaroda uch oila – Isroiljon, Аnvarjon va Ulmasoy Beknazarovlarning o’y – joylari yonib ko’l bo’lgan xabar o’sha kunning o’zidayoq ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqalgan edi. Voqea joyiga borib o’rganilganda, mazkur xabar asossiz emasligi aniqlandi. Biroq, mojaro oqibatida o’y-joysiz qolgan fuqarolarimizga davlat tomonidan yordam ko’rsatildi. Mamlakatimizda davlat rahbari tomonidan olib borilayotgan insonparvarlik siyosati amalda yana bir karra o’z ifodasini topdi.
Vaqtinchalik o’y-joy bilan taʼminlangan fuqarolarga tuman hokimligi tomonidan zaruriy shart-sharoitlar yaratib berildi. Oila o’zining oshxonasiga ega, non yopish uchun tandir ham qurib berildi. Kuni kecha tuman hokimligi tomonidan barcha 11 nafar boshpanasiz qolgan Beknazarovlar oila aʼzolari uchun yangi kiyim-kechaklar ham xarid qilindi. Eʼtiborli jihati shundaki, bu oilalarning o’y joylari zamonaviy tarzda davlat tomonidan qurib beriladigan bo’ldi.
Sux tumani hokimligi Аxborot xizmati