Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 74 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Fuqarolarning muammo va kamchiliklari o’rganilmoqda

×

 2020-06-07 13:49:15    165

PDF yuklash
Chop etish


Fuqarolarning muammo va kamchiliklari o’rganilmoqda

         Bugun “Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalq uchun xizmat qilishi kerak” degan hayotiy tamoyil hayotimizga tobora chuqurroq singib bormoqda. Аsosiy masala – xalqimiz ichiga kirib borib, ularga munosib turmush sharoitini yaratib berishdan iborat.

Shu munosabat bilan, Sux tumanida aholi orasidagi ijtimoiy muammolarni oʼrganish va ularni ijobiy hal etishga koʼmaklashish boʼyicha sektorlar kesimida tashkil etilgan ishchi guruhlar tomonidan fuqarolarning qabuli oʼtkazilmoqda. Ishchi guruh tarkibida bevosita sektorlar rahbarlari, sektor rahbarining oʼrinbosarlari va Respublikadan tashrif buyurgan mutasaddi idoralarning masʼul vakillari aholini qiynab kelayotgan muammolarini aniqlash, ularni yechilishiga ko’maklashish maqsadida faoliyat olib borishmoqdalar.

-“Men tashkil etilayotgan bunday qabullardan minnatdorman. Chunki murojaatimni ishchi guro’h aʼzolari yerda qoldirishmadi. Kuni kecha kuchli shamol tufayli uyimiz tom qismining yarmi yaroqsiz bo’lib qoldi. Uni yopish uchun albatta, shifer kerak va shifer olish uchun tabiiyki, mablagʼ lozim. Rahmat, ishchi guruh aʼzolariga menga shu masalada yaqindan yordam berishdi. Komissiya kumagida uyimizning tom qismini yangi shiferlar bilan yopdik”, - deydi Sharqobod mahalla fuqarolar yigʼinida yashovchi Gʼulomjon Nuraliev. Аlbatta, bunday misollarni ko’plab keltirishimiz mumkin. Ishchi guruh aʼzosi tuman “Ermulkkadastr” idorasi xodimi Rustam Vohidovning maʼlumotiga ko’ra, bugun yana bitta kam taʼminlangan oilaga un va yogʼ mahsuloti, uchta oilaga suyultirilgan gaz ballonlari yetkazib berildi.

Darhaqiqat, bugungi kunda tumanimizda yashovchi fuqarolarni qiynayotgan muammolar oz emas. Ularni yechimi barcha mutasaddi rahbarlardan katta masʼuliyat talab etishi tabiiy hol.

         Baʼzi bir muammo-kamchiliklar tuman miqyosida hal etilsa, boshqa bir muammolarning yechimi esa, viloyat darajasida yechiladigan muammolar sirasiga kiradi. Shunday muammolar ham borki, ularning yechimi bevosita davlat va hukumat vakolati doirasida hal etilishi mumkin.

         Sux tumani aholisini qiynayotgan eng asosiy va azaliy muammo – bu Sux – Rishton yo’li muammosi sanaladi. Аksariyat Suxliklarning fikricha, agar shu yo’l muammosi o’z yechimini topsa, qolgan boshqa ijtimoiy-iqtisodiy muammolar o’z-o’zidan yechilib ketaveradi. Chunki tumanda turizmni, tadbirkorlikni rivojlantirish, xorijiy investitsiyalar kiritilishi bo’yicha zo’r imkoniyat va sharoitlar bor.

         “Men Suxning eng chekka – Qalʼacha qishlogʼida yashayman. Ilgari biz bozor-uchar qilish uchun tumanimiz markaziga borib yurmasdik, negaki, Rishton shahriga borib kelish biz uchun o’ngroq, chunki masofa juda yaqin edi. Lekin mana bir necha yildirki, ushbu masala muammoligicha qolmoqda. Bu muammoni tuman yo viloyat rahbarlari yecha olmasliklariklarini ham juda yaxshi bilamiz. Shuning uchun, Respublikadan kelgan mutasaddi rahbarladan iltimosimiz shu – Sux – Rishton yo’lini ochish masalasini mo’htaram Yurtboshimizga yetkazsinlar. Biz Prezidentimizga ishonamiz, chunki mo’htaram Shavkat Miromonovich Mirziyoev xalqimiz turmush farovonligi yo’lida ko’p arzirli, asrga tatigulik ishlarni amalga oshirdilar. Аgar shu muammo ham yechilsa, bizdan-da baxtli inson yo’q deb uylayman” – deydi Qalʼachalik onaxon Bogʼiniso Rahmonova.

         Bu muammoni hal etish bo’yicha qo’shni Qirgʼiziston Respublikasi bilan ikki tomonlama hukumatlararo komissiya tuzilib, bir qator ijobiy ishlar amalga oshirildi, tegishli hujjatlar rasmiylashtirildi. Hozirda kelisholmagan hududlar bo’yicha muzokaralar olib borilmoqda.

         O’z navbatida tuman miqyosidagi sektorlar kesimidagi uchrashuv va fuqarolarni qabul qilish natijalarini tahlil qiladigan bo’lsak, bir kunda jami bo’lib, 11 ta mahalla fuqarolar yigʼinida 745 ta xonadonlar o’rganilib, 121 ta ijtimoiy muammolar aniqlandi. Muammolarning asosiy qismini tadbirkorlikni rivojlantirish uchun bank kreditlari ajratib berish, ish joyi bilan taʼminlash, fuqarolik olish, ichimlik suvi bilan taʼminlash masalalari tashkil etadi.

         Ushbu muammolarning deyarli yarmi ishchi guro’hlar aʼzolari tomonidan o’rganish jarayonida shu joyning o’zida hal etilishi taʼminlandi. Qolgan ijtimoiy muammolarni qisqa muddat ichida hal etish yuzasidan mutasaddi idora vakillari tomonidan aniq, manzilli ishlar olib borilmoqda.

         Zotan, umidlari ishonchga aylanib qolishini istagan fuqarolarning har bir murojaati eʼtibor markazida ekanligi bilan ham ahamiyatlidir. Zero har bir murojaat zamirida fuqarolarimizning manfaati mujassam.

                   Sux tumani hokimligi Аxborot xizmati