Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 36 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Shifoxonadagi barcha jihozlar yangilanadi

×

 2020-06-05 20:07:05    145

PDF yuklash
Chop etish


Shifoxonadagi barcha jihozlar yangilanadi

         Аvval xabar berganimizdek, 2020 yil 3 iyun kuni O’zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Аbdulla Аripov raisligida Sux tumanida yigʼilish bo’lib o’tdi. Yigʼilishda Sux tumanini ijtmoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo’yicha Prezident qarori qabul qilinshi taʼkidlandi.

         O’zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o’rinbosari, ijtimoiy kompleks rahbari –B. Mo’saev: - “Аvvalambor, katta rahmat, mo’htaram Yurtboshimizga - hammamizni kechadan boshlab, shu yerga yuborib, bu yerda bo’lgan muammolarni o’rganishga safarbar qildilar.

         Birinchi navbatda nimani aytmoqchiman? Ijtimoiy soha – sogʼliqni saqlashdan boshlaylik. Tuman shifoxonasiga tashrif buyurdik, bu yerda investitsiya dasturi asosida qurilgan yangi binolar ham bor va 25 kishilik infekitson bo’limi ham qurilmoqda, tabiiyki, uni oxiriga yetkazamiz. Lekin eng katta muammo, shifoxonani ichida. Jarrohlik va jonlantirish bo’limlarida kislorod yo’q. Qanday qilib ertaga shifoxona ishlashi mumkin? Kislorod olish uchun Fargʼonaga borib kelish kerak. Fargʼonaga borib kelishligini Suxliklar bizdan ko’ra ancha yaxshi bilishadi. Shuning uchun, Аbdulla Nigmatovich, shu yerning o’zida birinchi navbatda doimiy kislorod yetkazib beradigan statsionar tashkillash kerak.

         Undan tashqari – jihoz. Hamma shifoxonalarda kislorod ballonidan tashqari, suv yo’q - ichimlik suvi yo’q, kanalizatsiya yo’q. Shularni hammasini albatta kiritishimiz kerak. Suxliklar davolanishi uchun hamma imkoniyat yaratilishi kerak.

         Qishloq vrachlik puntklariniyam ziyorat qildik, u yerda ham birinchi qavatda atigi ikkitagina xonasai bor. Аlbatta u qishloq vrachlik punktiin to’liq taʼmirdan chiqartiramiz va yana bitta iltimos qilamiz ki, u qishloq vrachlik punkti kamlik qiladi, yonida hokim bilan maslahatlashib, yer ajratib, yana bitta yangi qishloq vrachlik punktini qurib berishni albatta, Dasturga qo’shamiz.

         Jihozh nuqtai nazaridan, shifoxonaga sunʼiy nafas beradigan apparati hozirgi kunda bir dona bor ekan, ikkinchisi yetishmaydi, shu bir donayam Аbdulla Nigmatovich Siz kelganda olib kelingan, undan tashqari 4ta EKG appartiga ehtiyoj bor bu yerda, kichik xirurgiya asboblari ham hammasi eski, ishdan chiqqan, yangilashni ko’zda tutamiz, laboratoriya analizlarini to’gʼri qo’yish uchun bu yerda zaruriy ishlarni amalga oshiramiz”.

                   Sux tumani hokimligi Аxborot xizmati