Musaffo Sux
2020-06-04 19:11:52 168
Musaffo Sux
Hurmatli Soʼxliklar, sizlarning boshingizga tushgan bu musibatli voqealardan juda-juda tashvishlandim. Men bu jannatmakon yurtda tez-tez boʼlib turaman, uning tabiati, ajoyib, mard, tanti odamlari haqida sheʼrlar, hikoyalar yozganman. Oʼtgan yili oʼzbekcha va tojikcha markaziy gazetalarda "Musaffo Soʼx" degan lavham, sheʼlarim chiqqan edi. Oʼtgan yili borganimda Chashmani koʼray desam temir panjaralar bilan oʼrab tashlangan ekan, koʼrolmadim. Tinchgina qaynab yotgan, qumlaridan tillo otiladigan Tabarruk Chashmaga kimlardir xoʼjayinlik qilmoqchi boʼlsa, yana kimlardir ertayu kech yoʼltoʼsarlik bilan shugʼullansa... Necha odamlarning boshlari toshdan yorilsa, kechagina oʼynab yurgan bir yigitchamiz bugun jon joyidan oʼq yeb yotsa... Bu ishlarni boshlagan yovuzlar tezroq jazosini olsin, jarohat olganlar sogʼayib ketishsin, oʼq yeganlar ham iloho tuzalib ketishsin...Soʼx oʼzi jannatdek joy, boshqalardan hech narsa soʼramaydi, balki beradi: meva-cheva, shirin kartoshka, devzira guruch yetkazadi, Soʼxning toshqin suvlar to Qoʼqongacha yetib boradi.Soʼxdagi odamgarchilik, Soʼxdagi mehmondorchilik dunyoda yoʼq! Faqat Soʼxni tinch qoʼyishsin, yoʼllari ochib berilsin xolos.Sogʼ-omon, tinch boʼlinglar soʼxlik doʼstlar!
Muxtor Xudoyqulov - yozuvchi