Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 7 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Suxliklar Fargʼonadan qaytishdi

×

 2020-06-03 20:02:20    105

PDF yuklash
Chop etish


Suxliklar Fargʼonadan qaytishdi

         Beixtiyor, yana eʼtibor haqida gapirmasdan ilojimiz yo’q. Аvval xabar berganimizdek, O’zbekiston Respublikasi bosh vaziri А. N. Аripov tashabbusi bilan koronavirus pandemiyasi sababli Fargʼona va viloyatimizning boshqa shahar va tumanlarida qolib ketgan Suxliklarimiz kecha tumanimizga yetib kelishdi. O’zaro mehr-oqibat, hamjihatlik va o’zgacha eʼtibor tantanasi kechasi edi bu kecha. 2020 yilning ikinchidan uchinichi iyunga o’tar kechasi bizning xotiramizdan aslo o’chmaydi. Hamyurtlarimizni go’zal Suxga safarbar etilishida bir-necha insonlar, mutasaddiy tashkilot-korxonalar vakillarining hissasi cheksiz. Kirib kelgan barcha avtobus, naqliyot vositalari va albatta, fuqarolarimiz shifokorlar tomonidan ko’rikdan o’tkazilib, 12 nafar SEOM va favqulodda vaziyatlar bo’limi xodimlari tomonidan dezinfektsiya qilindi. Tuman SEOM bosh hakimi M. Аhroriyning maʼlumotiga ko’ra, kecha 15 ta avtobus va 4 ta yengil avtomashinada 344 nafar Suxliklar tumanimizga eson-omon yetib kelishdi va Suxga 3ta yuk avtomashinasida suyultirilgan gaz ballonlari olib kelindi. Shuningdek, Suxliklarning tumanga safarbar etilishida sobiq tumanimiz hokimi F. M. Usarov va Fargʼona tumani hokimligining ham ko’maklarini alohida taʼkidlash lozim. Аsosiysi, Suxliklar yaqinlari bagʼriga eson-omon va sihat-salomat qaytib kelishdi. Xush kelibsiz!

                   Sux tumani hokimligi Аxborot xizmati