Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 8 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Ko’rik-tanlov gʼolib va sovrindorlari taqdirlanishdi

×

 2020-05-30 15:26:01    80

PDF yuklash
Chop etish


Ko’rik-tanlov gʼolib va sovrindorlari taqdirlanishdi

         Kitob bilim manbai, maʼrifat bulogʼi va komillikning asosidir. Shuning uchun, Respublikamizda kitob va kitobxonlikka bo’lgan eʼtibor davlat siyosati darajasiga ko’tarilgan. Berilayotgan bunday eʼtibor zamirida yoshlarning kelajagi mujassam, zero bilimli va dono yoshlar Vatanimiz porloq kelajagining bunyodkorlaridir.

         Maʼlumki, Fargʼona viloyat hokiminig 2020 yil 08 apreldagi 119 F-sonli farmoyishi, shu haqidagi tuman hokimining 13 apreldagi 61 F-sonli farmoyishi tasdiqlanib, mazkur farmoyish doirasida "Ona tili -millat gʼururi" mavzusida "Onlayn" tarzda insholar tanlovi, "Kitobxonlik oyligi", umumtaʼlim oʼrta maktab oʼquvchilarining 9,10-11 sinf oʼquvchilari oʼrtasida "Kitobxon oʼquvchi" va "Mumtoz gʼazallar bilimdoni" hamda ularning ota-onalari uchun "Kitobxon ota" va "Kitobxon ona" koʼrik-tanlovlari o’tkazildi. Koʼrik-tanlovlarining tuman hududiy bosqichini oʼtkazishda Sux tuman XTB ga qarashli barcha umumtaʼlim o’rta maktab oʼquvchilari, ularning ota-onalari ham mazkur tanlovda faol ishtirok etib, tumanimiz sho’hratini yuqori darajaga ko’tarishdi.

          Mazkur farmoyish ijrosi yuzasidan olib borilgan ishlar bo’yicha tuman hokimining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili toʼgʼrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash masalalari boʼyicha maslahatchisi А. Turaboevning maʼlumotiga ko’ra, tuman boʼyicha yaqin 300 nafar oʼquvchilar mazkur tanlovda ishtirok etib, ular oʼrtasidan 5 nafar viloyat bosqichida faxrli 1, 3 oʼrinlarni egallaganliklari barchani quvontiradi. Shuningdek, 6 nafar oʼquvchilarimiz yuqori ballarni olishga muvafaq bo’lishdi. Kuni kecha Sux tuman XTB binosi oldida karantin tartib-qoidalariga rioya etgan holda ko’rik-tanlov gʼoliblari va sovrindorlarini taqdirlash marosimi bo’lib o’tdi. Taqdirlash marosimida tuman hokimi vazifasini vaqtincha bajaruvchi M. Sharipov ishtirok etdi.

         Ko’rik-tanlov gʼoliblari – 4-sonli UO’T maktabining 9-sinf o’quvchisi Samandar Erkinjonov, 2-sonli UO’T maktabining 11-sinf o’quvchisi Manija Аzamjonova, 5-sonli UO’T maktabining 11-sinf o’quvchisi Xisrav Shamsiddinov, 12-sonli UO’T maktabi o’quvchisi Ruxshanbek Аsroridinov, 18-sonli UO’T maktabining 6-sinf o’quvchisi Shohdil Jo’raboev va yana 6 nafar ko’rik-tanlov sovrindorlariga tuman hokimligi, Sux tuman XTB faxriy yorliqlari va esdalik sovgʼalari topshirildi. Shuningdek, faol o’quvchilarning ustozlariga ham tuman hokimining faxriy yorliqlari taqdim etildi.

                   Sux tumani hokimligi Аxborot xizmati