TАYINLOV
2020-05-25 17:51:33 159
TАYINLOV
Fargʼona viloyati hokimi Sh.Gʼanievning 2020 yil 20 maydagi qaroriga koʼra Oʼzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 102-moddasiga hamda “Mahalliy davlat hokimiyati toʼgʼrisida”gi Oʼzbekiston Respublikasi Qonunining 2-moddasiga asosan Soʼx tumani hokimi Farrux Madaminovich Usarov egallab turgan lavozimidan ozod etilganligi sababli, Soʼx tumani hokimining moliya-iqtisodiyot va kambagʼallikni qisqartirish masalalari boʼyicha birinchi oʼrinbosari - tuman iqtisodiy taraqqiyot va kambagʼallikni qisqartirish boʼlimi boshligʼi Mashrabjon Islomjonovich Sharipov zimmasiga Soʼx tumani hokimi vazifasini vaqtincha bajarib turish yuklatildi.
Sux tumani hokimligi Аxborot xizmati
Manba: https://t.me/fvhaxborotxizmati