Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 20 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Tadbirkorning muammo va kamchiliklari ustida ishlash va ularga amaliy yechim topish kunning asosiy va dolzarb masalasi

×

 2020-05-23 18:25:28    166

PDF yuklash
Chop etish


Tadbirkorning muammo va kamchiliklari ustida ishlash va ularga amaliy yechim topish kunning asosiy va dolzarb masalasi

         Аvval xabar berganimizdek, Sux tumanining sektorlar kesimida tasdiqlangan jadvalga asosan tuman hokimi boshchiligida tadbirkorlarning sayyor qabuli o’tkazilmoqda. Rejaga asosan, bugun tuman hokimi mutasaddiy idoralar vakillari bilan tumanning 3-sektorida faoliyat olib borayotgan tadbirkorlar bilan uchrashdi. 3-sektor tarkibiga Qizilqiyoq, Hushyor, Sebzor, Qaqir, Sharqobod mahalla fuqarolar yigʼinlari kiradi.

         Аytish mumkinki, ushbu hududda ham hukumat va bevosita Prezidentimiz tomonidan berilayotgan eʼtibor doirasida tadbirkorlik rivojlanmoqda. Lekin, soha rivojiga to’sqinlik qilayotgan bir necha omillar borki, bu omillar 2020 yil 19 may kuni tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlashga qaratilgan qo’shimcha chora-tadbirlar masalasida o’tkazilgan hukumat videoselektor yigʼilishida ham Prezidentimiz tomonidan alohida taʼkidlanib, bu yo’nalishda baʼzi rahbarlarning olib borayotgan ishlari qoniqarsiz va talab darajasida emasligi qayd etilgan edi. Prezidentimiz taʼkidlaganlaridek – “Pandemiya davrida karantin talablariga rioya qilib yashash va ishlashni o’rganish, "Inqirozga qarshi shuningdek, iqtisodiyotni tiklash bo’yicha kurashish”, hududlarda tadbirkorlik faoliyatini qo’llab-quvvatlash har bir rahbarning asosiy vazifasi bo’lishi lozim”.

         Sux tumani hokimi F. Usarov, tuman ichki ishlar bo’limi boshligʼi, uchinchi sektor rahbari S. Saidmo’saev, O’zbekiston Respublikasi Bosh vazirining Tadbirkorlar murojaatlarini ko’rib chiqish qabulxonasi Sux tumanidagi bo’limi mudiri M. Jumaevlar ishtirok etgan sayyor qabulda hududdagi 15 nafar xususiy tadbirkorlar qatnashib, muammo va kamchiliklari borasida tuman hokimi va mutasaddiy rahbarlarga murojaat etishdi. Taʼkidlash lozimki, sayyor qabul karantin tartib-qoidalariga qattiq rioya qilgan holda o’tkazildi.

         Qabul davomida kelib tushgan murojaatlarni o’rganib chiqish va natijasi bo’yicha muallifga maʼlum qilish uchun tuman hokimining o’rinbosarlari, tuman hokimligining masalaga daxldor apparat xodimlari, korxona, tashkilot va bo’limlariga tegishli topshriqlar berildi. Jumladan, mutasaddiy idoralar vakillariga bir kun muddatda jismoniy va yuridik shaxsalar bilan o’tkaziladigan qabul davomida tushgan murojaatlar ijrosini taʼminlash yuzasidan nazorat-reja ishlab chiqish va tasdiqqa kiritish, murojaatlarda ko’tarilgan muammolarning amaliy yechimlarini topishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqib, bajarilishini nazoratga olish, qabul davomida kelib tushgan murojaatlarni belgilangan tartibda o’rganib chiqish va qonuniy hal etish choralarini ko’rishdek vazifalar topshirildi. Darhaqiqat, tadbirkorlar tomonidan bildirilgan har bir fikr-mulohaza, taklif va muammo-kamchiliklar, shuningdek, murojaatlar o’z vaqtida, ijobiy hal etilishi lozim. Bu davr va zamon talabi. Tadbirkorning talab-istagi vaqtida ijobiy hal etilsagina, natijaga erishish mumkin.

         Аytganimizdek, ushbu sektorda ham tadbirkorlikni rivojlantirishga to’sqinlik qilayotgan va tadbirkorning yo’liga gʼov bo’layotgan muammolar borki, ularning yechimi rahbarning salohiyati va masʼuliyatiga bogʼliq. Belgilangan rejaga asosan, tadbirkorlarning navbatdagi sayyor qabuli 25 may kuni tumanning 4-sektorida o’tkaziladi. Tadbirkorning muammo va kamchiliklari ustida ishlash va ularga amaliy yechim topish kunning asosiy va dolzarb masalasi ekanligini aslo unutmasligimiz lozim.

                   Sux tumani hokimligi Аxborot xizmati