Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 54 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

Mard o’gʼlonlar nomi barhayot

×

 2020-05-09 18:39:11    206

PDF yuklash
Chop etish


Mard o’gʼlonlar nomi barhayot

         Mustaqillik sharofati bilan xalqimiz shaʼni, qadr qimmati, gʼurur-iftixori, maʼnaviyati va milliy qadriyatlari qayta tiklandi. O’tgan turli davrlarda ozodlik yoʼlida shahid boʼlgan, Vatanimizning fidoiy farzandlari xotirasi abadiylashtirildi, ularga yuksak hurmat ehtirom koʼrsatildi. Аytish lozim, ushbu yoʼnalishda viloyatimizning kenja tumani – Suxda ham koʼp ishlar amalga oshirildi. Zotan, inson aziz va uning xotirasi muqaddasdir.

         Ikkinchi jahon urushi yillarida Suxdan ham ming-minglab ota-bobolarimiz janggohlarga borib, bugungi farovon hayot va osoyishta damlar uchun oʼz jonlarini fido qilganlar. Shuningdek, tuman ahli oʼz farzandlik burchini ado etib, shahid boʼlgan, shu dorilomon kunlar deb jonidan kechgan yurt oʼgʼlonlarining xotiralarini doimiy yodda saqlaydilar. Xayriddin Xolboev tumanning Lenburg mahallasida tugʼilib-oʼsib,oʼrta maktabni bitirgach, Vatan xizmati sari otlandi. 2002 yili Surxondaryo viloyatining Sariosiyo tumanida oʼz yigitlik burchini ado etayotgan paytda halok boʼlgan. Tuman hokimligi, mudofaa ishlari boʼlimi xodimlari, harbiy qismlar askar va zobitlari Xayriddin Xolboev yashagan xonadonga tashrif buyurishib, uning ota-onasiga qimatbaho, hamda esdalik sovgʼalar topshirishdi.

         Darhaqiqat, Xayriddin Xolboev kabi yurtdoshlarimizning xotirasi har birimizning dillarimizda mangu yashaydi. Zotan, bunday yurt oʼgʼlonlari tomonidan koʼrsatilgan shijoat va qahramonlik har qaynday taʼrif-tavsif va eʼtirofga loyiqdir. Xayriddin Xolboevning onasi Gulsunbi Xolboeva uchun oʼz jigarbandidan judolik ogʼir boʼlsada, shunday mard va jasur farzand oʼstirganidan faxrlanadi. Tuman hokimi Farrux Usarov Xayriddin Xolboevning ota-onasiga “Mard o’gʼlonlar nomi barhayot” nomli kitobni ham taqdim etdi. Kitobda Suxlik mard o’gʼlon – Xayriddin Xolboev haqida ham taʼsirli hikoya joylashtirilgan.

         Haqiqatan ham, Xayriddin Xolboev kabi yurtdoshlarimizning qahramonlik va jasoratlari bugungi oʼsib kelayotgan barkamol avlod uchun ibrat maktabidir. Inson qadr—qimati ulugʼlangan yurtda Vatan qahramonlarining nomi hech kimning yodidan aslo uchmaydi.

                   Sux tumani hokimligi Аxborot xizmati