Yoshlar bandligini taʼminlash kunning dolzarb mavzusi
2020-05-07 18:19:10 180
Yoshlar bandligini taʼminlash kunning dolzarb mavzusi
Аholisi 60 foizini yoshlar tashkil etgan Sux tumanida ishsizlik muammosini bartaraf etish, yoshlarni har tomonlama qoʼllab-quvvatlash maqsadida bir qator loyihalar amalga oshirilib kelinmoqda. Buni birgina Oʼzbekiston Yoshlar Ittifoqi Sux tumani Kengashi tomonidan start berilgan “Yoshlar bandligini taʼminlash” mavzusidagi yangi loyiha misolida koʼrishimiz mumkin.
Yoshlarni munosib mehnatga jalb etish va ularning tashabbuslarini qoʼllab-quvvatlashga qaratilgan ushbu loyiha orqali hozirgi kunda vaqtincha ishsiz boʼlgan yoshlar bandligi taʼminlanmoqda. Loyiha shu yilning yanvarь oyidan boshlab hozirgi kunga qadar tumanining barcha hududlarida oʼtkazilmoqda.
Dasturga muvofiq ravishda “Yoshlar – kelajagimiz” jamgʼarmasi, Oʼzbekiston Yoshlar Ittifoqi Sux tumani Kengashi va fermerlar Kengashi, tuman bandlikga koʼmaklashish markazi hamkorligida barcha mahallalarda tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagida boʼlgan yoshlar o’rtasida targʼibot-tashviqot ishlari olib borilmoqda. Yoshlar o’rtasida shaxsiy tomorqadan samarali foydalanish, yerdan ununmli tarzda hosil olib, oila daromadini kupaytirish kabi mavzularda tushuntirish ishlari olib borilayotir. Yoshlarga boʼsh ish oʼrinlari taklif etish, tadbirkorlik bilimlarini oshirish, bandligini taʼminlashga qaratilgan tadbirlar ham katta ahamiyat kasb etmoqda.
Jumladan mart-aprel oylarida Oʼzbekiston Yoshlar Ittifoqi Sux tumani Kengashi va tuman aholi bandligiga kumaklashish markazi hamkorligida 529 nafar vaqtinchalik ishsiz yoshlar bandligi taʼminlanib, turli xil korxona-tashkilotlar, xususiy tadbirkorlik subʼektlari hamda haq toʼlanadigan jamoat ishlariga jalb etildi.
Sux tumani hokimi Farrux Usarov tomonidan 2020 yil tumanda “Ishsizlikga barham berish” yili deb eʼlon qilinib, tuman hokimi say-harakati va tashabbusi bilan 27-nafar yoshlarimizga yer ajratilib ularning ham bandligini taʼminlashga erishildi.Oʼzbekiston Yoshlar Ittifoqi Sux tumani Kengashi raisi Isojon Mastonovning soʼzlariga ko’ra, may oyining 5 sanasigacha 109-nafar yoshlarimiz haq toʼlanadigan jamoat ishlari orqali bandligi taʼminlangan boʼlsa, oy oxiriga borib bularning sonini 250 nafarga yetkazish rejalashtirilgan.
Hozirgi kunda mehr-muruvvatga mo’htoj oilalarning xolidan xabar olish va ularning uy yumushlariga yaqindan yordam berish maqsadida tuman Kengashi va bandlik bo’limi hamkorligida 40-nafar yoshlarimiz bandligi taʼminlanib, ular hududlardagi yakka-yolgʼiz, boquvchisini yo’qotgan fuqarolarga bevosita biriktirildi. Shuningdek, “Pilla – 2020” loyihasida 51 nafar yoshlarimiz pillachilik orqali bandligi taʼminlandi – deyiladi Sux tumani Yoshlar Ittifoqi matbuot xizmatining xabarida.
Sux tumani hokimligi Аxborot xizmati