Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi Oʼzbekistonda tadbirkorlik iqlimini oʼrganish boʼyicha soʼrovnoma oʼtkazmoqda
2020-05-02 09:40:48 146
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi Oʼzbekistonda tadbirkorlik iqlimini oʼrganish boʼyicha soʼrovnoma oʼtkazmoqda
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi Oʼzbekistonda biznes iqlimini oʼrganish boʼyicha tadbirkorlar oʼrtasida soʼrovnoma oʼtkazmoqda. Soʼrovnoma har oy oʼtkaziladi.
Oʼzbekistonning ishbilarmonlik muhiti indeksi Ifo metodologiyasiga asoslangan boʼlib, iqtisodiy prognozlarning oldindan koʼra bilish qobiliyatini mustahkamlash, shuningdek, davlat va biznesdan oʼz vaqtida javob berishni taʼminlashga moʼljallangan. YaIMdan farqli ravishda indeks har oy hisoblab chiqiladi va chop etilib mamlakat iqtisodiyotining pulsi boʼlib xizmat qiladi.
Indeks ishlab chiqarish, qurilish, ulgurji va chakana savdo sohasidagi kompaniyalarning 2000 ta oylik soʼrovlari namunasiga asoslangan. Kompaniyalar keyingi joriy biznes sharoitlari (joriy biznes vaziyati indeksi) va kelgusi 6 oy istiqbollarini aniqlash (ifo biznes istiqbollari indeksi) boʼyicha soʼrovda qatnashadilar.
Taʼkidlash lozimki, joriy yilning aprel oyida, Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi "Berlin economics" konsalting kompaniyasi koʼmagida biznes iqlim indeksi (Geschäftsklimaindex)ni ishlab chiqish boʼyicha Germaniya tajribasini oʼrganish uchun Iqtisodiy tadqiqotlar institutida "ifo Institut" (Germaniya) vebinar oʼtkazilgan.
Mazkur vebinar davomida Ifo Indeksini ishlab chiqish, soʼrovnomani tuzish, sektorlarning optimal ulushini aniqlash, soʼrovlarni tashkil etishning amaliy tomoni va maʼlumotlarni tahlil qilish koʼrsatkichlarini jamlash uchun Ifo formulalari yordamida batafsil maʼlumotlar olindi. 28 aprelda Markaz IT Park bilan hamkorlikda 11 ta savoldan iborat boʼlgan telegram-bot ishlab chiqdi. Soʼrovni quyidagi havola orqali olishingiz mumkin: https://t.me/businessclimate_bot
Tadbirkorlik iqlimini oʼrganish boʼyicha olinadigan maʼlumotlar kompaniyalar tomonidan belgilangan koʼrsatkichlar natijalariga asoslangan boʼlib, bu Sizning biznesingiz va biznes sharoitlaringizni xolis baholash imkonini beradi.
Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Аdministratsiyasi
huzuridagi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar
markazi jamoatchilik bilan aloqalar xizmati