Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 10 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

RESPUBLIKA ISHCHI GURUHI VAKILLARI TOMONIDAN HUDUDLARDA O’RGANISH ISHLARI DAVOM ETMOQDA

×

 2025-02-06 18:27:49    63

PDF yuklash
Chop etish


Respublika ishchi guruhi vakillari tomonidan hududlarda o’rganish ishlari davom etmoqda


Bugun Respublika ishchi guruh a'zolari So’x tumaniga tashrif buyurishdi. Mehmonlarni Tul chegara nazorat-o’tkazish punktida qabul qilib olgan tuman hokimi boshchiligidagi guruh dastavval, Devayron-Tul yo’nalishida “yashil makon” umumimilliy loyihasi doirasidagi ishlarni ko’zdan kechirib, o’zlari ham mahalla ahli bilan bodom ko’chatlari o’tqazishdi.

 

Shundan so’ng mehmonlar tuman ichki ishlar bo’limi ma'muriy binosida yaratib berilgan sharoitlar bilan tanishdilar va bo’lim xodimlarining bir kunlik faoliyatini ko’zdan kechirishdi. Tashrif jarayonida huquq-tartibot organlari faoliyatining natijadorligini oshirishga doir tavsiya va takliflar berildi.     

 

Amaliy tashrif davomida tumandagi Hushyor hamda Qal'a mahallalari "ettiligi" faoliyati o’rganildi.

 

Unda Prezidentimizning joriy yil 3 yanvardagi “2025 yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo’yicha chora-tadbirlar to’g’risida”gi 1-sonli qarori ijrosini ta'minlash, qarorning har bir bandida ko’satib o’tilgan vazifalarni bekamu ko’st ado etish yuzasidan mahalla faollariga topshiriqlar berildi.

 

Mahallalarda yoshlar, ayollar va ishsizlar tomonidan, shuningdek, oila-turmush munosabatlari doirasida sodir etiladigan jinoyatlarning oldini olishda «mahalla yettiligi» har bir vakilining aniq mas'uliyatini belgilash, ushbu toifadagi huquqbuzarliklar profilaktikasiga yangicha ish uslublarini tatbiq qilish borasida mulohazalar bildirildi.


Shuningdek, shtab va tuman ishchi guruh a'zolari hamkorligida bu borada amalga oshirilgan ishlar ahvoli muhokama qilinib, faoliyatni jadallashtirish, kunlik nazoratni samarali tashkil etish yuzasidan qator vazifalar belgilab berildi.


So’x tumani hokimligi Axborot xizmati

























Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram