Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 122 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

2025 YILDA SO’X TUMANIDA XORIJIY INVESTITSIYALARNI O’ZLASHTIRISH VA EKSPORT KO’RSATKICHLARI ISTIQBOLLARI

×

 2025-02-04 17:52:30    70

PDF yuklash
Chop etish


2025 yilda So’x tumanida xorijiy investitsiyalarni o’zlashtirish va eksport ko’rsatkichlari istiqbollari

 

Tumanda joriy yilda xorijiy investitsiyalar ishtirokida amalga oshiriladigan umumiy qiymati 62.6 million dollar bo’lgan 29 ta loyihalarning manzilli ro’yxatini shakllantirilgan va ushbu loyihalarda 2025 yilda 49.2 million dollar xorijiy investitsiyalari o’zlashtirilishi belgilab olindi.

 

Xususan: 

 

2024-2025 yillar davomida 10 dan ortiq uchrashuvlarda 20 ga yaqin xorijiy kompaniya rahbarlari va vakillarining turli darajadagi taklif va investitsion loyihalari muhokama qilinmoqda.

 

Misol tariqasida: Rossiyaga amalga oshirilgan tashrifda hokimlik tomonidan qurilish materiallari (mramor), turizm (sanatoriya, derevyaniy domiklar), Xitoy davlatiga tashrif davomida energetika (mikro GESlar) va boshqa yo’nalishlarida umumiy qiymati 44 million dollarlik jami 10 ta kelishuvlarga erishildi, shundan: 41,8 million dollarlik 8 ta investitsion bitimlar va 2.2 million dollarlik 2 ta eksport shartnomalar imzolandi.

 

O’tgan yilda amalga oshirilishi boshlangan, joriy yilda davom ettiriladigan (perexodyaщiy) 2 ta loyihalar hisobiga 7.4 million dollar o’zlashtirilishi rejalashtirilgan.

 

Xorijiy kredit liniyalari mablag’larini faol o’zlashtirish davom ettiriladi. O’tgan yillarda biz xorijiy kredit liniyalarini, jumladan Jahon banki kredit liniyalarini o’zlashtirishda tizim qilib oldik, bu yil bu ko’rsatkichni 4.2 million dollarga yetkazish maqsad qilinganligi tumanda katta ahamiyatga ega.

 

So’x tumani hokimligi Axborot xizmati




Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram