Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 163 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

SAVOL BERING, JAVOB BERAMIZ

×

 2025-02-04 17:27:52    66

PDF yuklash
Chop etish


Savol bering, javob beramiz

 

KELINLIK UYIMGA “PROPISKA”GA QO’YILMAGANMAN, MENI UYDAN ChIQARIB YuBORIShMOQChI

 

Fuqarodan kelgan murojaat:

 

Erim bilan ajrashish arafasida turibmiz. Kelinlik uyimga propiskaga qo’yilmaganman. Erim, qaynonam meni har kuni “chiqib ket uydan, bo’lmasa o’zimiz chiqarib yuboramiz”, deb qo’rqitadi. Men ajrashganimizdan keyin ketaman deyapman. Nima qilay, maslahat bering.

 

Javob:


Bu uydan hech kim chiqarib yubora olmaydi sizni. Propiskada bo’lmasangiz ham.


Sababi, Uy-joy kodeksining 32-moddasiga asosan uy, kvartira mulkdorining oila a'zolari, shuningdek u bilan doimiy yashayotgan fuqarolar, agar ularni ko’chirib kelgan paytda yozma ravishda boshqa hol qayd etilgan bo’lmasa, uydagi, kvartiradagi xonalardan mulkdor bilan teng foydalanishga haqlidirlar. Ular mulkdor bergan turar joyga o’zlarining voyaga yetmagan farzandlarini ko’chirib kiritishga haqlidirlar, oilaning boshqa a'zolarini esa, uy, kvartira mulkdorining roziligi bilangina ko’chirib kiritishlari mumkin. Bu shaxslar uy, kvartiraning mulkdori bilan oilaviy munosabatlarni tugatgan taqdirda ham ularda turar joydan foydalanish huquqi saqlanib qoladi. Uy, kvartiraning mulkdori bilan uning sobiq oila a'zolari, shuningdek u bilan doimiy yashayotgan fuqarolar o’rtasida turar joydan foydalanish tartibi taraflar kelishuvi bilan belgilanadi.


Agar sizni uydan chiqarmoqchi bo’lishsa, sudga uydan majburiy tartibda chiqartirish to’g’risida murojaat qilishlari lozim.


O’ktamjon Ergashev - So’x tumani adliya bo’limi bosh maslahatchisi




Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram