Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 18 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

SAVOL BERING, JAVOB BERAMIZ

×

 2025-01-31 18:16:51    76

PDF yuklash
Chop etish




Savol bering, javob beramiz

 

Dekret ta'tilidan qaytgan o’qituvchilarga faqat ta'tildan avvalgi dars soatlarigina beriladi(mi)?!


Fuqarodan kelgan murojaat:


Fevraldan ishga qaytmoqchiman. Dekretdan qaytganlar faqatgina ta'tildan avvalgi darsini o’ta oladi halosmi? Masalan, dekret ta'tiliga chiqmasdan avval dars 10 soat edi. Ishga qaytganimdan keyin ham shu 10 soatga ishlaymanmi?


Javob:


“Umumta'lim muassasalarida sinflarni komplektlash hamda tarifikatsiya ro’yxatlarini shakllantirish tartibi to’g’risida”gi nizomning 19-bandiga ko’ra, homiladorlik va tug’ish ta'tili hamda bola parvarishidan qaytgan o’qituvchilarga dars soatlari mehnat qonunchiligiga asosan mazkur Nizomning 15-bandida belgilangan ko’rsatkichlar ustuvor ketma-ketligi asosida taqsimlanadi.


Ya'ni, xodim dekret ta'tilidan qaytganda uning darslari qayta taqsimlanadi.


O’qituvchining ko’rsatgich natijalari yuqori bo’lsa, (olimpiadalardagi natijasi, toifa, sertifikat va h.k) unga avvalgidan ham ko’proq dars soatlari ajratilishi mumkin.


Umuman olganda, homiladorlik va tug’ish ta'tili hamda bola parvarishidan qaytgan o’qituvchilarga faqat ta'tildan avvalgi dars soatlarigina beriladi, degan qoida yo’q.


O’ktamjon Ergashev - So’x tumani adliya bo’limi bosh maslahatchisi




Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram