YOSHLARNING HUQUQIY SAVODXONLIGINI OSHIRISH BO’YICHA MUTASADDI VAKILLAR VA SOHA MUTAXASSISLARI TOMONIDAN AMALIY ISHLAR QILINMOQDA
2025-01-30 17:41:58 111
Yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish bo’yicha mutasaddi vakillar va soha mutaxassislari tomonidan amaliy ishlar qilinmoqda
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-avgustdagi 532-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish, ularni qonunga itoatkorlik va huquqbuzarlikka toqatsizlik ruhida tarbiyalash bo’yicha chora-tadbirlar” dasturining 12-bandiga muvofiq umumta'lim maktablarda huquqiy darslar o’tilishi belgilangan.
Mazkur qarorning ijrosini ta'minlash maqsadida tumanimizning 2-sonli umumiy o’rta ta'lim maktabida fuqarolik ishlari bo’yicha So’x tuman sudining raisi tomonidan “Shaxsiy huquq va erkinliklar” mavzo’sida dars mashg’uloti o’tkazildi. Mazkur huquqiy o’quv soati jarayonida voyaga yetmaganlarning huquqlari, burchlari, huquqbuzarlik tushunchasi hamda uning oqibatlari, shaxsiy huquq va erkinliklar, inson huquqlari va erkinliklarining kafolatlanishi tushuntirildi.
Eslatib o’tamiz, mazkur qaror asosida maktablarda «Huquq sinfi» va huquq fanlari chuqurlashtirilgan holda o’qitilishini tashkil etish orqali yuridik kadrlarni tayyorlashda «maktab — litsey — texnikum — universitet» tizimini joriy etilib, o’quvchilar o’rtasida «Huquq bilimdoni» fan olimpiadasi, huquq fani o’qituvchilari o’rtasida «Eng yaxshi huquq o’qituvchisi» ko’rik-tanlovini o’tkazish belgilangan.
Sodda qilib aytadigan bo’lsak, davlatimizda barcha fuqarolarning huquqiy manfaatlari qonun asosida kafolatlangan va ushbu huquqlarni maktab davridan o’rgatilishi jamiyatda qonun ustuvorligini ta'minlashga xizmat qiladi.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram