Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Yanvar 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 28 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

XALQ DEPUTATLARI SO’X TUMAN KENGASHINING TO’RTINCHI SESSIYASI BO’LIB O’TDI

×

 2025-01-23 18:06:26    69

PDF yuklash
Chop etish




Xalq deputatlari So’x tuman Kengashining to’rtinchi sessiyasi bo’lib o’tdi


Bugun tuman hokimligi majlislar zalida yettinchi chaqiriq Xalq deputatlari So’x tumani Kengashining navbatdagi to’rtinchi sessiyasi bo’lib o’tdi.


Sessiyada Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari, tumandagi sektor rahbarlari, korxona tashkilotlar rahbarlari va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi.


Kengash raisi, tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev raisligida sessiyada 7 ta masala ko’rib chiqildi.


Sessiya kun tartibidagi masalalar:

 

1.Tumanni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yillik dasturini ko’rib chiqish va tasdiqlash.

 

2. Bolalar masalalari bo’yicha tuman komissiyasining faoliyati yuzasidan hisobot.

 

3. Tuman Adliya bo’limi boshlig’ining tumandagi davlat organlari va tashkilotlarining norma ijodkorligi faoliyati, huquqni qo’llash amaliyoti hamda huquqiy targ’ibot va ma'rifatning holati to’g’risidagi axboroti.

 

4. 2024-yilning IV-choraki davomida tuman ichki ishlar bo’limi boshlig’ining “Huquqbuzarliklarning oldini olish va ularning profilaktikasi holati” shuningdek, jamoat xavfsizligi haqida hisoboti.

 

5. Tuman Davlat soliq inspektsiyasi tomonidan 2024-yil davomida tuman mahalliy byudjeti daromadlari ijrosi va tumanda soliqlar islohotlari borasida qilingan ishlar.

6. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 24.11.2020 yildagi PF-6118-sonli Farmonining 4.1 bandi ijrosi yuzasidan Bosh Prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi Farg’ona viloyati So’x tuman bo’limi tomonidan 2024-yil davomida amalga oshirilgan ishlar. 

 

7. Tuman sog’liqni saqlash bo’limi tomonidan 2024-yil davomida kasalliklarni oldini olish va aholi reproduktiv salomatligi borasida bajarilgan ishlar.

 

Kun tartibidagi masalalar yuzasidan sessiya ishtirokchilari So’x tuman iqtisodiyot va moliya bo’limi boshlig’i Zayliddin Iskandarov, So’x tumani “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi boshlig’i Sayidali Temiraliyev, So’x tumani adliya bo’limi boshlig’i Bunyodjon Enazarov, tuman ichki ishlar bo’limi boshlig’i o’rinbosari Umedjon Shamsiddinov, tuman davlat soliq inspektsiyasi boshlig’i Faridjon To’raboyev, majburyi ijro byurosi So’x tuman bo’limi davlat ijrochisi, 1-darajali yurist Jamshed Mirhisenov va So’x tuman tibbiyot birlashmasi bosh hakimi Sanjarbek Ismoilovlarning axboroti hamda hisobotini tingladilar.


Sessiya kun tartibiga qo’yilgan har bir masala atroflicha muhokama etildi. Deputalar masalalar bo’yicha mazokaralarda o’z fikrlarini bayon etishdi.


Kun tartibidagi masalalarga oid tegishli qarorlar qabul qilindi va shu bilan navbatdagi to’rtinchi sessiya yakunlandi.


So’x tumani hokimligi Axborot xizmati























Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram