YANGI TA'LIM DARGOHIDAGI TA'LIM VA TARBIYA JARAYONI O’RGANILDI
2025-01-21 17:27:26 115
Yangi ta'lim dargohidagi ta'lim va tarbiya jarayoni o’rganildi
Umumiy o’rta ta'lim maktablarida o’quvchi yoshlarga bilim berish barobarida ularni kasbga o’qitish va kasbga yo’naltirishga ham alohida e'tibor qaratilmoqda. Buning uchun barcha ta'lim muassasalarida zaruriy shart-sharoitlar va qulayliklar yaratib berilgan.
30-sonli umumiy o’rta ta'lim maktabida bo’lgan tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev maktab ma'muriyati va pedagogik jamoasi bilan aynan ushbu yo’nalishdagi ishlarni tahlil etib, jarayondagi amallarni yanada jonlantirishga doir tavsiya va takliflarini berdi.
Maktab obodonchligini ko’zdan kechirgan tuman hokimi ta'lim dargohida yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash bo’yicha amalga oshirilayotgan ishlar, ayniqsa, ChQBT xonasini tashkil etish va jihozlash, shuningdek, mazkur xonani kerakli asbob-dastgohlar va ko’rgazmali qurollar bilan ta'minlash holatini o’rgandi.
O’quvchi yoshlar, ayniqsa, qizlarni kasbga yo’naltirishga doir ishlar ham ko’zdan kechirildi. Texnologiya fani kabineti va tashkil etilgan to’garaklar faoliyatini yanada jonlantirishga doir qat'iy tavsiya va ko’rsatmalar berildi.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram