“LOYIHALAR YARMARKASI” – TADBIRKORLARNI QO’LLAB-QUVVATLASHNING SAMARALI USULI, SOHA RIVOJINING ASOSIY OMILI
2025-01-21 17:15:19 112
“Loyihalar yarmarkasi” – tadbirkorlarni qo’llab-quvvatlashning samarali usuli, soha rivojining asosiy omili
Ayni kunlarda Respublikamizning hududlarida davlatimiz rahbari tomonidan 2024 yil 16 dekabrda o’tkazilgan videoselektor yig’ilishida mahallalarda tadbirkorlik muhitini yaxshilash, kambag’allikni qisqartirish va tijorat banklarining rolini oshirish bo’yicha belgilab berilgan vazifalar ijrosini ta'minlash maqsadida “Loyihalar yarmarkasi” o’tkazilmoqda. Tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev ishtirokida tuman madaniyat markazida bo’lib o’tgan tadbir aynan ushbu masalaga bag’ishlandi.
Mazkur tadbirda mahallalarda faoliyat olib borayotgan hokim yordamchilari hudud tadbirkorlari bilan ishtirok etib, o’z loyihalarini tuman hokimi birinchi o’rinbosari va tuman banklari rahbariyatiga taqdim etdilar. Tadbirda so’z olgan tuman hokimi har bir tadbirkorning tashabbusi hokimlik tomonidan qo’llab-quvvtlanishi va moliyaviy jihatdan rag’batlantirilishi, ya'ni loyihani amalga tatbiq etilishida bank krediti ajratilishini qayd etdi.
Tadbir davomida tadbirkorlikni rivojlantirish, bank xizmatlaridan samarali foydalanish, bank kredit turlari, imtiyoz va qo’llanilayotgan yangiliklar bo’yicha mutaxassislar tomonidan atroflicha tushuntirishlar berildi. Tadbirda ishga joylashish, biznes loyihalarni amalga oshirish va moliyaviy qo’llab-quvvatlash imkoniyatlari haqida batafsil ma'lumot berildi.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram