FUQAROLAR QABULI
2025-01-21 16:49:02 125
Fuqarolar qabuli
Bugun So’x hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev ishtirokida fuqarolar bilan to’g’ridan to’g’ri muloqot qilish, ularni qiynab kelayotgan muammolarni aniqlash va hal etish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining So’x tumani Xalq qabulxonasida fuqarolarning qabuli o’tkazildi.
Bo’lib o’tgan sayyor qabulda tuman hokimi o’rinbosarlari, Xalq qabulxonasi mudiri, mas'ul tashkilot va muassasalar rahbarlari ham ishtirok etib, fuqarolarning mavjud muammolari va takliflari o’rganildi.
Qabulda bildirilgan mavjud masalalar shu joyning o’zida mas'ul tashkilot rahbarlariga yo’naltirildi. Ularni tegishli tartib va imtiyozlar bo’yicha ijobiy hal etish yuzasidan ko’rsatmalar berilib, ijrosi nazoratga olindi.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram