BILASIZMI?
2025-01-15 17:32:12 57
Bilasizmi?
O’qishni ko’chirish uchun arizalar qabuli davom etmoqda
Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 20 iyundagi 393-son qaroriga 3-ILOVA "Oliy ta'lim muassasalari talabalari o’qishini ko’chirish, qayta tiklash va o’qishdan chetlashtirish tartibi to’g’risida"gi Nizomning 15-bandiga asosan oliy ta'lim muassasalari talabalarining o’qishini ko’chirish bo’yicha arizalarni topshirish va ko’rib chiqish quyidagicha amalga oshiriladi:
➖ o’qishini ko’chirish bo’yicha arizalarni taqdim etish — har yili 15 iyuldan 5 avgustga qadar amalga oshiriladi;
➖ arizalarni oliy ta'lim muassasasi, tegishli vazirlik (idora) yoki Davlat komissiyasi tomonidan ko’rib chiqib, qaror qabul qilish — har yili 5 avgustdan 30 avgustga qadar amalga oshiriladi.
Talabalar o’qishini ko’chirish uzrli sabablarga ko’ra
➖respublikaning bir hududidan ikkinchi hududiga doimiy yashash uchun yoki turmushga chiqish munosabati bilan turmush o’rtog’i doimiy yashaydigan (pasport bo’yicha doimiy ro’yxatdan o’tgan) hududga ko’chib o’tganda;
➖turmush o’rtog’i yoki ota-onasi harbiy xizmat o’tash joyini o’zgartirganda, yoxud ota-onasi (turmush o’rtog’i) xorijdagi davlat xizmatidan qaytganda) bahorgi semestrda o’quv mashg’ulotlari boshlanishidan oldin ham amalga oshirilishi mumkin.
Bunda:
➖ o’qishini ko’chirish bo’yicha ariza topshirish — har yili 20 dekabrdan keyingi yilning 20 yanvariga qadar;
➖ o’qishini ko’chirish bo’yicha arizani ko’rib chiqib, qaror qabul qilish — har yili 25 yanvardan 15 fevralga qadar amalga oshiriladi.
O’ktamjon Ergashev - So’x tumani adliya bo’limi bosh maslahatchisi
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram