XUSHXABAR
2025-01-15 17:13:47 63
XUShXABAR
Vatanimiz qudratini yuksaltirish va xavfsizligini ta'minlash ishiga qo’shayotgan katta hissasi, jamiyatda tinchlik va barqarorlikni, xalqimiz osoyishtaligini saqlash borasida samarali faoliyati, ijtimoiy hayotdagi faol ishtiroki uchun, shuningdek, O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 33 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan bir guruh soha vakillarining mukofotlanganligi sohaga berilayotgan e'tibor va Vatan himoyasi muqaddas burch ekanligining dalolatidir.
Mukofotlanganlar orasida Farg’ona viloyati Ichki ishlar borshqarmasi So’x tumani ichki ishlar bo’limi HPB xotin-qizlar masalalari bo’yicha katta inspektori, podpolkovnik Shahnozaxon Shodmonova ham bor. Shahnoza Shodmonovaga Farg’ona viloyati hokimining faxriy yorlig’i va qimmatbaho sovg’alari taqdim etildi.
- Mukofotni viloyat hokimi qo’lidan olar ekanman, jamiyatda eng kerakli inson va islohotlar jarayonidagi ishtirokchi ekanligimni angladim. Har doim butun kuch va g’ayratimni Vatan ravnaqi va taraqqiyotiga safarbar eataman, - dedi Shahnozaxon Shodmonova biz bilan suhbatda.
Tabriklaymiz! Bardavom bo’lsin!
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram