BILASIZMI?
2025-01-13 18:34:00 208
Bilasizmi?
O’rindosh xodimlarga qo’shimcha mehnat ta'tili berish ish beruvchilar tomonidan qilinadigan xatoliklardan biri
Ko’p holatlarda o’rindosh xodimlarga mehnat ta'tilini berishda ish beruvchilar tomonidan muntazam qonun buzilishiga yo’l qo’yiladi.
MKning 213-moddasiga asosan ish beruvchi bilan tuzilgan mehnat shartnomasi asosida mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan xodimlar uchun ta'tillarning quyidagi turlari nazarda tutilgan: har yilgi mehnat ta'tili; ijtimoiy ta'tillar; ish haqi qisman saqlanadigan ta'til; ish haqi saqlanmaydigan ta'til.
Ya'ni umumiy asosga ko’ra, asosiy va qo’shimcha ta'tillarni berishda asosiy va o’rindosh xodimlarga ta'til berishda alohida asoslar berilmagan.
MKning 439-moddasiga asosan o’rindoshlik asosida ishlovchi shaxslarga yillik asosiy ta'tillar, shuningdek o’rindoshlar haqli bo’lgan qo’shimcha mehnat ta'tillari asosiy ish joyidagi yillik mehnat ta'tili bilan bir vaqtda beriladi.
Yuqoridagi moddaga e'tibor beradigan bo’lsangiz, o’rindosh xodimlarga qo’shimcha mehnat ta'tili berilishi nazarda tutilgan. Masalan, MKning 220-moddasi 1-qismiga ko’ra, xodimga u bitta tashkilotda yoki tarmoqda ishlagan har besh yil uchun davomiyligi ikki kalendar kun bo’lgan, biroq jami sakkiz kalendar kundan ko’p bo’lmagan har yilgi qo’shimcha mehnat ta'tili beriladi.
Ya'ni agar o’rindosh xodim bir tashkilotda yoki tarmoda 5 yil o’rindoshlik asosida ishlab kelayotgan bo’lsa, unga 2 kundan iborat qo’shimcha ta'til berilishi kerak.
Yoki, MKning 401-moddasida o’n ikki yoshga to’lmagan ikki va undan ortiq bolaning yoki o’n olti yoshga to’lmagan nogironligi bo’lgan bolaning ota-onasidan biriga (ota-ona o’rnini bosuvchi shaxsga) har yili davomiyligi kamida to’rt kalendar kun bo’lgan haq to’lanadigan qo’shimcha ta'til beriladi. Ya'ni xodim MK 401-modda talablariga javob bersa, o’rindosh xodimga mazkur ta'tilni berish mumkin.
O’ktamjon Ergashev - So’x tumani adliya bo’limi bosh maslahatchisi
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram