IJTIMOIY HIMOYAGA MUHTOJ FUQAROLAR HOLIDAN XABAR OLINDI
2024-12-26 16:16:09 184
Ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar holidan xabar olindi
Yangi yil arafasida tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev va tuman prokurori Sadirali Mirzokarimov boshchiligidagi Aktsiyadorlik tijorat Xalq banki So’x tumani bo’limi mutasaddilari Mulgon mahallasida bo’lib, mahalla yettiligi bilan kam ta'minlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj, ko’p bolali, nogironligi bor fuqarolar holidan xabar olishdi. Aktsiyadorlik tijorat Xalq banki So’x tumani bo’limi boshlig’i Nu'monjon Sadirbekovning ma'lumotiga ko’ra, 4-sektor Mulgon mahalla fuqarolar yig’inidagi 5 ta oila mazkur bankka biriktirilgan bo’lib, bu oilalar har doim bank rahbariyati e'tiboridadir.
Mahalladagi 5 nafar fuqarolarga Yangi yil sovg’asi sifatida Xalq Banki tomonidan berilgan 2 000 000 so’m miqdoridagi pul mablag’lari va bayram sovg’alari taqdim etildi. Shuningdek, tuman hokimi mahalla yettiligi bilan hududni rivojlantirish bo’yicha drayverlarni ishga solish yuzasidan o’rganishlar olib bordi va tadbirkorlar bilan uchrashuvlarda ularning faoliyatini kengaytirish va mahallani rivojlantirishga oid o’zining taklif va tavsiyalarini berdi.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram