Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Dekabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 11 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

XOTIN-QIZLAR FAOLLARI FAOLIYATI SARHISOBIGA OID TADBIR BO’LIB O’TDI

×

 2024-12-25 17:03:47    180

PDF yuklash
Chop etish





Xotin-qizlar faollari faoliyati sarhisobiga oid tadbir bo’lib o’tdi


Bugun tuman hokimligi majlislar zalida mahallalarda tashkil etilgan xotin-qizlar faollari faoliyati sarhisobi yuzasidan hisobot yig’ilishi bo’lib o’tdi. Tadbirda tuman hokimi birinchi o’rinbosari Ilhomjon Tojiboyev, tuman hokimi o’rinbosari, oila va xotin-qizlar bo’limi boshlig’i Madinaxon Safarova, mahallalarda faoliyat olib borayotgan xotin-qizlar faollari va hamkor tashkilotlar vakillari ishtirok etishdi.


Tadbir avvalida ishtirokchilarga mahallalarda olib borilayotgan ishlarga doir ijtimoiy rolik namoyish etildi. Tadbirda tumandagi oilaviy ajrimlar ko’rsatgichi, tazyiq va zo’ravonlikka uchrayotgan xotin-qizlar taqdiri va ularni munosib himoyalash tizimi orqali amalga oshirilayotgan ishlar, erta turmush, erta tug’ruq, qarindoshlar o’rtasidagi nikoh kabi illatlarni oldini olishdagi qilinayotgan say-harakatlar, ishsizlik, daromad kamligi sabab yurtdoshlarimiz xorijiy davlatlarga ketishi, ya'ni migratsiya oqibatida oila birdamligiga putur yetayotgani haqida so’zlagan mutasaddilar jamiyatda paydo bo’lgan turli illatlarga qarshi kurashda xotin-qizlar faolining mas'uliyati katta ekanligini ta'kidlab o’tdilar.


Shuningdek, tadbirda kambag’al oilalarni qisqartirish, xotin-qizlarni barqaror bandlik va yuqori daromad topishga o’rgatish, biznesni qo’llab-quvvatlash, oilada sog’lom turmush tarzini shaklantirish, xotin-qizlar salomatligini mustahkamlash, oila institutini mustahkamlash, ma'naviy-ahloqiy qadryatlarni targ’ib etish, xotin-qizlar o’rtasida jinoyatchilikni jilovlash, tazyiq va zo’ravonlikka nisbatan murosasizlik muhitini yaratish, xotin-qizlar muammolarini o’rganish va “Ayollar daftari” tizimi orqali hal etish, oilalarda ijtimoiy-ma'naviy muhit barqarorligini ta'minlash, ijtimoiy-ma'naviy ko’makka muhtoj xotin-qizlar bilan manzilli ishlash, aholi murojaatlari bilan ishlash tizimini yangi bosqichga ko’tarishga doir turli taklif va tavsiyalar berildi.


 

So’x tumani hokimligi Axborot xizmati


















Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram