IJTIMOIY HIMOYA AMALDA
2024-12-25 16:42:41 159
Ijtimoiy himoya amalda
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 1 iyundagi “Axoliga sifatli ijtimoiy xizmat va yordam ko’rsatish xamda uning samarali nazorat tizimini yulga qo’yish bo’yicha kompleks chora-tadbirlar to’g’risida”gi 82-sonli farmoniga muvofik respublikamizning barcha tuman shaxarlarida “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi tashkil qilingan.
Bugungi kunda So’x tumanida 80 mingdan ortiq aholi bo’lib, shundan “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi tomonidan o’zgalar parvarishiga muxtoj shaxslar reestriga 70 nafar yolg’iz va yolg’iz yashovchi keksalar hamda nogironligi bor shaxslar kiritilgan. 4 031 nafar nogironligi bo’lgan shaxslardan 1 231 nafari TMK tomonidan mehnatga layoqatli deb e'tirof etilgan va 121 nafari ishlash istagini bildirgan. Shundan, 22 nafari xususiy sektorga ishga joylangan, 5 nafari vakancy.argos.uz platfarmasi orqali bo’sh ishga joylangan, 6 nafari maxalla fuqarolar yig’iniga jamoatchlik asosida ishga joylangan, 2 nafari kasbga o’qitishga yo’naltirilganlar.
2019 yil 30 dekabrda qabul qilingan O’zbekiston Respublikasi Soliq Kodeksining 380-moddasida “Ayrim toifadagi soliq to’lovchilarning jami daromadini kamaytirish belgilangan bo’lib, quyidagi soliq to’lovchilar soliq solishdan qisman (daromadi qaysi oyda olingan bo’lsa, o’sha oyda har bir oy uchun mexnatga xaq to’lashning eng kam miqdorining 1.41 barobari miqdoridagi daromadlar, ushbu qismning 3-bandida ko’rsatilgan shaxslar uchun esa mexnatga xaq to’lashning 3 barobari miqdoridagi daromadlar bo’yicha) ozod etiladi“, deb ko’rsatib o’tilgan. Ushbu moddaning 3-bandida “Bolalikdan nogironligi bo’lgan shaxslar shuningdek, 1 va 2-guruh nogironligi bo’lgan shaxslarga bu imtiyoz pensiya guvohnomasi yoki tibbiy ijtimoiy ekspert komissiyasi (TIYEK) ma'lumotnomasi asosida beriladi”, - deb belgilangan.
Tuman buyicha 2024 yil 1 noyabr holatiga tumandagi 70 nafar o’zgalar parvarishiga muxtoj fuqarolar mavjud bulib shundan, 48 nafari yolg’iz yashovchi ehtiyojmand fuqarolar, 14 nafari yolg’iz yashovchi nogironligi bo’lgan shaxslar, 6 nafar fuqarolar yolg’iz keksalar va 2 nafar nogironligi bo’lgan yolg’iz yashovchilar mavjud.
Tuman “Nuroniy” tashkiloti bilan hamkorlikda reestrda mavjud bo’lgan 35 nafar o’zgalar parvarishiga muhtoj bo’lgan fuqarolarni Beshariq tumanida joylashgan “Besh Chashma” sog’lomlashtirish maskaniga davolanish uchun yuborildi.
F. H. Shodiyev - So’x tumani “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi sho’'ba mudiri
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram