XALQ QABULXONASIDA NAVBATDAGI FUQAROLAR QABULI BO’LIB O’TDI
2024-12-24 16:10:19 176
Xalq qabulxonasida navbatdagi fuqarolar qabuli bo’lib o’tdi
Bugun O’zbekiston Respublikasi Prezidentining So’x tumani Xalq qabulxonasida fuqarolarning navbatdagi qabuli bo’lib o’tdi. Qabulda tuman hokimi birinchi o’rinbosari Ilhomjon Tojiboyev, tuman hokimi o’rinbosarlari, xalq qabulxonasi vakillari, tumandagi tegishli korxona va tashkilotlar rahbarlari hamda muammosi mavjud fuqarolar ishtirok etishdi.
Mazkur qabulda fuqarolar moddiy yordam ko’rsatish, tadbirkorlik masalasida, qishloq xo’jaligiga oid bo’lgan masalalar, tibbiyot muassasalarida davolanish uchun amaliy yordam ko’rsatish, bolalar nafaqasi, doimiy ish bilan ta'minlash kabi muammolar bilan murojaat qilishdi.
Tuman hokimi o’rinbosarlari tomonidan har bir fuqaroning muammosi tinglanib, ijobiy hal qilish bo’yicha tegishli mutasaddilarga topshiriq va ko’rsatmalar berilib ijrosi nazorat ostiga olindi. Qabulda jami 11 ta murojaat kelib tushdi, 7 ta murojaat ijobiy hal etildi, 3 ta fuqaroga murojaati yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berildi, 1 ta murojaat tegishli mutasaddi tashkilotlar rahbarlariga ijro uchun yo’naltirildi.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram