Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Dekabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 14 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

IMKONIYATLARNI ISHGA SOLSANGIZ, SAMARALI NATIJAGA EGA BO’LASIZ

×

 2024-12-24 15:58:07    169

PDF yuklash
Chop etish







Imkoniyatlarni ishga solsangiz, samarali natijaga ega bo’lasiz


Mahallalarda ichki imkoniyatlarni ishga solish tufayli ahol, ayniqsa, ayollar va xotin-qizlar bandligini ta'minlashga doir yaxlit tizim yaratilgani ushbu yo’nalishda faoliyat olib borayotgan xotin-qizlar zimmasiga katta mas'uliyat yuklaydi. Bandlikni ta'minlash zamirida manfaatdorlik mujassamligi hech kimga sir emas.


Tumanimizda ushbu yo’nalishda olib borilayotgan ishlar o’zining samaralarini berayotir. Tuman hokimi o’rinbosari, oila va xotin-qizlar bo’limi boshlig’i Madinaxon Safarova boshchiligidagi ishchi guruh G’aznov mahallasida o’rganishlar olib borishdi.


Mazkur mahallaning “Gulbog’” ko’chasida yashovchi fuqaro Hayotxon Boronboyeva o’z xonadonida issiqxona tashkil etib, tsitrus mevalar, ayniqsa, limon parvarishini yo’lga qo’ygan. Shuningdek, mazkur xonadonda parrandachilik ham yo’lga qo’yilgan.


Mahalla xotin-qizlar faoli Muqaddamxon Rahmatova so’zlariga ko’ra, mahalladagi xotin-qizlar bandligini ta'minlashda amaliy ishlar qilinayotir. Olinayotgan daromad va manfaatdorlik xotin-qizlar g’ayratiga g’ayrat qo’shmoqda.


- Issiqxonamizda salkam 50 to’p limon ko’chatlari bor. Bedanalar parvarishlaymiz, ularning soni ham 400 taga yaqinlashib qoldi, bir kunda 150 donagacha tuxum olamiz, manfaatdorligimiz ham yomon emas, - deydi Hayotxon-opa.  


Ma'lum bo’lishicha, mahalla fuqarolar yig’ini xotin-qizlar faoli tomonidan ushbu xonadonga uch nafar ishsiz xotin-qizlar biriktirilgan. Maqsad ayollar va xotin-qizlarni tadbirkorlikka yo’naltirishdan iborat.


So’x tumani hokimligi Axborot xizmati














Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram