SAVOL BERING, JAVOB BERAMIZ
2024-12-24 15:51:25 176
Savol bering, javob beramiz
ZAGSDAN O’TMAY ShAR'IY NIKOH O’QITIB OILA QURGANLARGA JAVOBGARLIK BOR(MI)?!
Savol: Assalomaleykum. ZAGSdan utmasdan fakat shariy nikox uqitib oila qurganlik uchun kelin-kuyov taraflarga javobgarlik mavjudmi? Javob uchun oldindan raxmat.
Javob: Oila kodeksining 13-moddasiga ko’ra, diniy rasm-rusumlar asosida tuzilgan nikoh O’zbekiston Respublikasida tan olinmaydi. O’zbekiston Respublikasida bitta qonuniy nikoh tan olinadi!
Shar'iy asosda nikohdan o’tgan shaxslarga javobgarlik yo’q (afsuski!), ammo ularga nikoh o’qigan domlaga javobgarlik bor. Chunki qonuniy tartibda nikohdan o’tmagan shaxslarning shar'iy nikohini o’qish mumkin emas. Bu uchun javobgarlik mavjud.
Xususan, Ma'muriy javobgarlik kodeksining 47-3-moddasi 3-qismiga asosan nikohi qonunda belgilangan tartibda qayd etilmagan shaxslar o’rtasida, shu jumladan nikoh yoshiga yetmagan shaxs bilan nikoh tuzishga doir diniy marosimni amalga oshirish, - bazaviy hisoblash miqdorining o’n besh baravaridan o’ttiz baravarigacha (5 625 000 so’mdan 11 250 000 so’mgacha) miqdorda jarima solishga sabab bo’ladi.
O’ktamjon Ergashev - So’x tumani adliya bo’limi bosh maslahatchisi
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram