“OCHIQ BYUDJET” AXBOROT PORTALIDA “MENING MAKTABIM” LOYIHASI O’TKAZILADI
2024-12-21 10:07:44 137
“O’zbekiston–2030” strategiyasining “Yoshlar va biznesni qo’llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturiga muvofiq joriy yilda tanlab olingan 14 ta tumandagi 612 ta maktabda sinov tariqasida “Mening maktabim” loyihasi o’tkaziladi.
Bunda,
18–27-dekabr kunlari – loyihalarni shakllantirish (10 kun);
2025-yil 2–11-yanvar kunlari – loyihalarni saralash (10 kun);
13–17-yanvar kunlari – ovoz berish (5 kun) bosqichlari bo’lib o’tadi.
Eslatma: ushbu loyihada maktablarning 5–11-sinf o’quvchilari ishtirok etish imkoniyatiga ega bo’ladi.
“Mening maktabim” loyihasi doirasida o’quvchilar tomonidan o’zlari ta'lim olayotgan maktabni jihozlash va qurilish-ta'mirlash ishlari bo’yicha loyihalar shakllantiriladi hamda o’quvchilar tanlagan (ovoz bergan) loyihalar moliyalashtiriladi.
Joriy yilda g’olib loyihalarni moliyalashtirish uchun har bir maktabga 50 million so’mdan mablag’ ajratiladi.
Mening maktabim – mening orzularim uyi!
Tashabbus ko’rsating, faol bo’ling!
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram