XALQ DEPUTATLARI CO’X TUMAN KENGASHINING DOIMIY KOMISSIYALARI TUZILIB, TARKIBLARI TASDIQLANDI
2024-12-06 15:23:29 1563
Xalq deputatlari Co’x tuman Kengashining doimiy komissiyalari tuzilib, tarkiblari tasdiqlandi
Tuman hokimligi majlislar zalida yettinchi chaqiriq Xalq deputatlari So’x tumani Kengashining ikkinchi sessiyasi bo’lib o’tdi. Sessiyaga tuman hokimi, Kengash raisi Sayidbahrom Sayidmusayev raislik qildi. Sessiyada Xalq deputatlari So’x tumani Kengashi deputatlari, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.
Sessiyada Xalq deputatlari Farg’ona viloyati Kengashi deputati Subhonali Nishonov ishtirok etdi. Sessiya boshlanishidan oldin Subhonali Nishonov so’zga chiqib, barcha yangi saylangan deputatlarni tabriklab, bevosita tuman hokimi atrofida jipslashib, eng avvalo tuman taraqqiyotiga va Vatanimiz rivojiga hissa qo’shish xalq vakillarining asosiy vazifasi ekanligini ta'kidladi.
Sessiya kun tartibiga ikkitta masala kiritildi:
Xalq deputatlari Co’x tuman Kengashining doimiy komissiyalarini tuzish va ularning tarkibini tasdiqlash to’g’risida;
Xalq deputatlari So’x tuman Kengashi kotibiyatining Nizomini tasdiqlash to’g’risida.
Birinchi masala yuzasidan Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyat mudiri Rashodjon Odilboyev so’zga chiqib, sessiya ishtirokchilariga Xalq deputatlari Co’x tuman Kengashining doimiy komissiyalari va ularning tarkibi haqida ma'lumot berdi.
Deputatlar tomonidan Xalq deputatlari Co’x tuman Kengashining beshta doimiy komissiyalari:
Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar bo’yicha doimiy komissiyasi;
Korruptsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo’yicha doimiy komissiyasi;
Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo’yicha doimiy komissiyasi;
Agrar, suv xo’jaligi va ekologiya masalalari masalalari bo’yicha doimiy komissiyasi va reglament va deputatlik odob-axloqi masalalari bo’yicha doimiy komissiyasi tarkibi bir ovozdan tasdiqlandi.
Kotibiyat Kengashi mudiri ikkinchi masala yuzasidan ham ma'ro’za qildi va shundan so’ng Xalq deputatlari So’x tuman Kengashi kotibiyatining Nizomi ham bir ovozdan tasdiqlandi.
Sessiya oxirida tuman hokimi barcha yangidan saylangan va yangi saylangan deputatlarni ushbu mas'uliyatli vazifa bilan tabriklab, barcha deputatarga xalq xizmatini amalga oshirish va Vatan ravnaqiga xizmat qilishlari yo’lida omadlar tiladi. Barcha deputlarga deputatlik guvohnomasi topshirilgandan so’ng sessiya yakunlandi.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram