“NAJOT – ILMDA, BAXT – DO’STLIKDA”
2024-12-06 14:16:45 155
“Najot – ilmda, baxt – do’stlikda”
Tuman madaniyat markazining majlislar zalida “Najot – ilmda, baxt – do’stlikda” shiori ostida badiiy-musiqiy va intellektual anjumani bo’lib o’tdi. Mazkur tadbir O’zbekiston respublikasi madaniyat vazirligi huzuridagi millatlararo munosabatlar va do’stlik aloqalari qumitasi, Farg’ona viloyati So’x tumani hokimligi, Respublika tojik milliy madaniy markazi va O’zbekiston yozuvchilar uyushmasi hamkorligida tashkil etilib, o’tkazildi.
Tadbirda Tojikistonning O’zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Abdujabbor Rahmonzoda va O’zbekiston Respublikasi Tojik milliy-madaniy markazi raisi Gulandom Subhonova boshchiligidagi mehmonlar – Respublika viloyatlarining tojik milliy-madaniy markazlari boshliqlari, shoirlar, yozuvchilar va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi. Tadbir ishtirokchilariga, anjumanga bag’ishlab tayyorlangan badiiy-adabiy kompozitsiya namoyish etildi.
Tadbirda so’z olgan Tojikistonning O’zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Abdujabbor Rahmonzoda, O’zbekiston Respublikasi Tojik milliy-madaniy markazi raisi Gulandom Subhonova va So’x tumani hokimi Sayidbahrom Sayidmusayevlar o’zbek va tojik xalqlarining o’zaro do’stlik rishtalari, barcha jabhalardagi yo’lga qo’yilgan mustahkam hamkorlik, ikki qardosh halqning birdamligi, tinchlik va totuvlikda yagana maqsad sari odimlayotgani davlatlarimiz rahbarlarining kuchli siyosiy irodasi va oqilona siyosatlari tufayli yuzaga kelayotganini alohida ta'kidladilar.
Tadbirda o’zbek va tojik tillarida ko’y-qo’shiqlar yangradi va she'rlar qiroat etildi. Otashnafas xonandalarning chiqishi va el sevgan shoirlarning tarannumi tadbir ishtirokchilariga bir olam quvonch baxsh etdi.
Tadbir davomida 3-sonli umumiy o’rta ta'lim maktabi o’quvchilariga “Donishmand” intellektual o’yini g’oliblari sifatida va 30-sonli bolalar va musiqa va san'at maktabi o’quvchilariga O’zbekiston Respublikasi Tojik milliy-madaniy markazining esdalik sovg’alari taqdim etildi.
Shoir va jurnalist, Farg’ona viloyati tojik milliy-madaniy markazi rahbari Mas'udjon Mirzoyev, Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanidagi 82-sonli umumiy o’rta ta'lim maktabi direktori Saodatxon Sanginova, “Ovozi tojik” ro’znomasi muxbiri, shoir Muhammadjon Shodiyev, So’x tumani 2-sonli ixtisoslashtirilgan davlat umumta'lim maktabi direktori Farhodjon Jo’rayevlar so’zlari va she'rlarida ham Vatan va do’stlik kabi qadriyatlar o’z aksini topdi.
Tadbir yakunida aziz mehmonlarga esdalik va qimmatbaho sovg’alar taqdim etildi. Yangragan qo’shiq va sozu navolar barchani raqsga chorladi.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram