11-SONLI UMUIY O’RTA TA'LIM MAKTABIDA MUSHOIRA TASHKIL ETILLDI
2024-12-06 13:56:44 155
11-sonli umuiy o’rta ta'lim maktabida mushoira tashkil etilldi
Chashma mahallasidagi 11-sonli umumiy o’rta ta'lim maktabida tashkil etilgan ma'naviy-ma'rifiy tadbir ham Respublikamiz markazi va vilyaotlardan kelgan aziz mehmonlar ishtirokida o’tdi. Mehmonlar sharafiga maktab ma'muriyati va o’quvchilar jamoasi bayramona dastur tayyorlab, namoyish etishdi.
Mehmonlarga ayniqsa, xushovoz xonanda Ne'matjon Homidovning jonli ijrodagi qo’shiqlari va yosh o’quvchilarning o’ziga xos mushoirasi manzur bo’ldi. Ikki til – tojik va o’zbek tillarida yangragan ko’y-qo’shiq va she'rlar tadbir ishtirokchilariga ham o’zgacha ilhom bag’ishladi.
Tojikistonning O’zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Abdujabbor Rahmonzoda, O’zbekiston Respublikasi Tojik milliy-madaniy markazi raisi Gulandom Subhonova, So’x tumani hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev va boshqa mehmonlarning so’zlarida Vatan, do’stlik kabi qadriyatlar qayd etib etildi. O’zbek va tojik xalqlari ikki tilda gapiradigan bir millat sifatida e'tiroflanishi bu ikki qardosh xalqning birdamligidan nishona ekanligi ta'kidlandi.
Tadbir jarayonida mehmonlar maktabdagi shart-sharoitlar bilan tanishdilar. Mehmonlar mazkur maktab ma'muriyati va barcha pedagoglarga muvaffaqiyatlar tiladilar.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram