TUMAN TADBIRKORLARI UCHUN O’QUV SEMINARI TASHKIL ETILDI
2024-12-06 13:39:11 166
Tuman tadbirkorlari uchun o’quv seminari tashkil etildi
Tuman hokimligida Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” mas'ul xodimlari ishtirokida o’quv seminari o’tkazildi. Seminarda So’x tumanida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik sub'ektlariga kompaniya tomonidan ko’rsatiladigan xizmat turlari va moliyaviy yordam dasturlari haqida atroflicha ma'lumot berildi.
Seminar “Ochiq muloqot” formatida o’tkazilib, uning maqsadi tadbirkorlarga rivojlantirish kompaniyasi tomonidan taqdim etilayotgan imtiyozlar, moliyaviy yordam tizimlari hamda ularning amaliy foydasi haqida tushuntirish berishdan iborat bo’ldi.
Tadbirda tuman hokimligi vakillari, iqtisodiyot kompleksi tashkilot rahbarlari, hokim yordamchilari va turli soha tadbirkorlari ishtirok etdilar. Seminar davomida ishtirokchilar o’zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar va amaliy tavsiyalar bilan tanishdilar.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram