Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Dekabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 33 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

SO’XDA ABDURAHMONI JOMIY VA ALISHER NAVOIY VORISLARI ISTIQOMAT QILISHADI

×

 2024-12-03 17:55:22    266

PDF yuklash
Chop etish





So’xda Abdurahmoni Jomiy va Alisher Navoiy vorislari istiqomat qilishadi


So’x tumanidagi aksariyat maktablarda ta'lim tojik tildida olib borilganligi bois, barcha adabiyotlar, ayniqsa darsliklarning barchasi o’quvchilarga o’z ona tillarida yetkazib berilishi ta'minlangan. Shuningdek, maktablarda tashkil etilgan kutubxonalarda ham tojik tilidagi adabiyotlarning borligi ta'lim boshqa tillarda olib boriladigan maktablarga bo’lgan e'tibordan nishona.


Tumanimizning 10-sonli umuiiy o’rta ta'lim maktabida bo’lgan mehmonlar bunga guvoh bo’lishdi. Mehmonlarni samimiy kutib olgan maktab ma'muriyati Tojikistonning O’zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Abdujabbor Rahmonzoda va O’zbekiston Respublikasi Tojik milliy-madaniy markazi raisi Gulandom Subhonovalar bilan birgalikda maktab hovlisiga yangi ko’chatlar o’tqazishdi.


“Koxi ma'ni”. Maktabdagi ushbu mo’'jazgina go’sha ikki qardosh xalq do’stligi ramzi sifatida bunyod etilgan. Mazkur go’shada Alisher Navoiy va Abdurahmoni Jomiylarning byusti o’rnatilgan. Mehmonlar ushbu ikki zot poyiga gullar qo’yib, ularga ehtirom sifatida ta'zim bajo keltirishdi.


Samimiy suhbat maktab kutubxonasida davom ettirildi. Mehmonlarga So’xlik adiblarning “Armug’oni “Xudafro’z” nomli majmuasi taqdim etildi.


Maktabning yangi binosini ko’zdan kechirgan mehmonlar maktab o’quvchilari bilan ham muloqot kilishdi. Tashrif yakunida maktab ahliga ezgu tilaklar bildirgan mehmonlar guruhi Chashma mahallasi – 11-sonli umumiy o’rta ta'lim maktabi tomon yo’l oldilar.


So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
























Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram