O’ZBEKISTONNING ENG CHEKKA GO’SHALARIDA HAM ISLOHOTLAR SAMARASINING NATIJADORLIGI NAMOYON
2024-12-03 17:47:23 279
O’zbekistonning eng chekka go’shalarida ham islohotlar samarasining natijadorligi namoyon
- Respublikamiz viloyatlari vakillari va qo’shni Tojikiston respublikasidan kelgan aziz mehmonlarning asl maqsadi ikki davlat prezidenti – Shavkat Mirziyoyev va Emomali Rahmonlarning kuchli siyosiy irodalari tufayli boshlangan xayrli va ezgu amallarni davom ettirish, ya'ni o’rtada shakllangan do’stlik munosabatlarini yanada mustahkamlash va rivoj toptirishdan iborat, - deydi O’zbekiston Respublikasi Tojik milliy-madaniy markazi Farg’ona viloyati bo’limi raisi, So’xning asl farzandi, shoir va jurnalist Mas'udjon Mirzoyev. Darhaqiqat, bugun ikki qardosh xalq do’stligi har jabhada rivojlanib, tobora sayqal topib bormoqda.
Respublikamiz viloyatlari tojik milliy-madaniy markazlari rahbarlaridan iborat bo’lgan mehmonlar guruhining navbatdagi manzili Saribozorcha mahalla fuqarolar yig’inidagi 29-sonli umumiy o’rta ta'lim maktabi bo’ldi. Tojikistonning O’zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Abdujabbor Rahmonzoda boshchiligidagi mehmonlar guruhini maktab direktori Amirjon Temirov va mahalla ahli non-tuz bilan kutib olishdi.
Maktab hovlisida daraxt ekish tadbiridan so’ng maktab o’quvchilari o’z she'rlari bilan mehmonlarni samimiy kutib olishdi. Mehmonlar maktabda yaratilgan sharoitlar bilan ham tanishdi.
Zamonaviy tarzda jihozlangan kabinetlar va sinfxonalarni ko’zdan kechirgan mehmonlar bugun O’zbekistonning eng chekka hududlarida ham islohotlar samarasi natijadorligini ta'kidladilar. Uchrashuv oxirida mehmonlar esdalik uchun suratga ham tushib oldilar.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram