DO’ST BILAN OBOD UYING...
2024-12-03 17:20:05 282
So’x tumani aeroportida Tojikistonning O’zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Abdujabbor Rahmonzoda boshchiligidagi mehmonlar guruhini tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev, tuman sektorlari rahbarlari non-tuz va qo’shiqlar sadosi ostida kutib olishdi. Qabul qilish marosimida ikki qardosh xalqning do’stligi ming yillar osha shakllanganligi va bugunda ushbu do’stlik rishtalari ikki davlat rahbarining oqilona siyosatlari tufayli yanada mustahkamlanib borayotganligi xususida gapirildi.
Do’stlik va hamkorlik ramzi sifatida aeroport hududiga yangi daraxt ko’chati o’tqazildi. - Ushbu nihol ikki qardosh xalq do’stligining ramzidir, - dedi Abdujabbor Rahmonzoda.
Tul chegara-nazorat o’tkazish punktida mehmonlarning ikkinchi guruhini tuman hokimligi vakillari samimiy kutib olishdi. O’zbekiston Respublikasi Tojik milliy-madaniy markazi raisi Gulandom Subhonova boshchiligidagi mehmonlar guruhi ham tumanimiz vakillari bilan birgalikda So’x daryosi sohilida mevali daraxtlar ko’chatlarini o’tqazdilar.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram