Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 22 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

“ZO’RAVONLIKKA QARSHI 16 KUNLIK” SHIORI OSTIDA TADBIR O’TKAZILDI

×

 2024-11-27 16:57:22    56

PDF yuklash
Chop etish





“Zo’ravonlikka qarshi 16 kunlik” shiori ostida tadbir o’tkazildi


So’x tumani 30-sonli bolalar musiqa va san'at maktabida tuman hokimligi, tuman "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi, tuman ichki ishlar bo’limi va tuman ma'naviyat va ma'rifat markazi hamkorligida “Zo’ravonlikka qarshi 16 kunlik” shiori ostida tadbir o’tkazildi.


Barchamizga ma'lumki, 1999-yildan BMT Bosh Assambleyasi tashabbusi bilan 25-noyabr xotin-qizlarga nisbatan zo’ravonlikka barham berish xalqaro kuni sifatida nishonlanadi.  


Ayni kunda Respublikamizda O’zbekiston Respublikasining “Xotin-qizlarni tazyiq va zo’ravonlikdan himoya qilish to’g’risida”gi Qonunning ijrosini ta'minlash maqsadida “Zo’ravonlikka qarshi 16 kunlik” shiori ostida 16-kunlik kampaniya o’tkazilmoqda. O’tkazilgan mazkur tadbirda ishtirok etgan xotin-qizlar faollariga kampaniya haqida to’liq ma'lumotlar berildi.


Tadbirda tuman hokimi o’rinbosari, xotin-qizlar bo’limi boshlig’i Madinaxon Safarova, “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi psixologi Ibrohimjon Ahmatov, tuman ichki ishlar bo’limi JXX XPB XQMB katta inspektori, podpolkovnik Shahnozaxon Shodmonovalar o’z ma'ruzalarida mavzuga oid kerakli ma'lumotlar yetkazdi.


So’x tumani hokimligi Axborot xizmati



















Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook | Telegram | Telegram murojaat | Youtube | Instagram