SAVOL BERING, JAVOB BERAMIZ
2024-11-25 16:47:24 69
Savol bering, javob beramiz
Savol: Bolalar uchun inklyuziv ta'lim qanday tashkil etiladi?
Javob: Unga ko’ra, o’quvchilarning bino ichida harakatlanishi va ta'lim olishi uchun maxsus sharoitlar yaratilgan maktablarda inklyuziv va boshlang’ich tayanch korresion sinflar tashkil etiladi. Bunda o’quvchilar birinchi sinfga 7 yoshga to’ladigan yilda qabul qilinadi. Shuningdek, maktablar uchun belgilangan yosh me'yoridan ikki yilga oshgan bolalarni qabul qilishga ruxsat etiladi.
O’quvchilarni mazkur sinflarga qabul qilish hududiy xalq ta'limi boshqarmasi huzurida tashkil etilgan psixologik-tibbiy-pedagogik komissiya xulosasiga ko’ra, ota-onalar yoki ularning o’rnini bosuvchi shaxslar roziligi bilan amalga oshiriladi.
Inklyuziv ta'lim sinflarida o’quvchilar soni 30 nafardan oshmasligi kerak. Inklyuziv va boshlang’ich tayanch korresion sinflarga faqat bir xil tibbiy tashxisdagi o’quvchilar qabul qilinadi.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram