TUMAN SEKTORLARI RAHBARLARI 3-SEKTOR YOSHLARI BILAN UCHRASHDI
2024-11-20 16:48:22 139
Tuman sektorlari rahbarlari 3-sektor yoshlari bilan uchrashdi
Bugun Hushyor mahalla fuqarolar yig’inidagi madaniyat markazida sektor rahbarlari va yoshlar uchrashuvi tashkil etildi. Mazkur uchrashuvda tuman hokimi Sayidbahrom Sayidmusayev, tuman sektorlari rahbarlari, korxona-tashkilot va muassasalar rahbarlari ishtirok etishdi.
Tadbirda ishtirok etgan 3-sektor hududidagi mahallalar fuqarolari, asosan, yoshlar ishtirokida sektorlar rahbarlari so’zga chiqib, Prezidentimiz tomonidan yoshlarga berilayotgan e'tibor haqida gapirib, berilayotgan e'tibordan samarali foydalanish lozimligini alohida ta'kidladilar. Shuningdek, mazkur tadbirda So’x tumani probatsiya guruhi hisobida turgan yoshlar ham qatnashdi.
- Hushyor va umumuan, 3-sektor hududida joylashgan mahallalarda ham o’tgan yillar davomida keng ko’lamli qurilish va obodonlashtirish ishlari olib borildi. Biz ushbu hududni yanada obod va ozoda qilishimiz kerak va buning uchun biz har doim yordam berish va amaliy ko’mak ko’rsatish uchun tayyormiz, - dedi tuman hokimi o’z so’zida.
Tadbir davomida hudud yoshlari o’z muammolari yuzasidan sektorlar rahbarlariga murojaat etishdi. Bildirilgan barcha murojaatlarni ijro etish yuzasidan tegishli korxona-tashkilot va muassasalar rahbarlari va vakillariga qat'iy ko’rsatmalar berildi.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram