BATKEN SHAHRIDA
2024-11-15 16:56:53 146
Batken shahrida "Oltin kuz" o’zbek-qirg’iz xalqlari qishloq xo’jaligi mahsulotlari xalqaro yarmarkasi o’tkazildi
So’nggi yillarda davlatimiz rahbarining siyosiy irodasi va yangi O’zbekistonning xalqaro siyosatdagi ezgu tashabbuslari tufayli azaldan tili va dini bir, an'analari va urf-odatlari mushtarak qardosh qo’shni davlatlar bilan munosabatlarimiz ilgari tasavvur qilib bo’lmaydigan darajada mustahkamlanmoqda.
Aytish lozimki, oxirgi yillarda o’rnatilgan do’stlik munosabatlari samarasi o’laroq, qo’shni Qirg’iziston Respublikasining chegara tumanlari bilan savdo-iqtisodiy, tadbirkorlik, madaniyat va san'at sohasida ikki tomonlama hamkorlik aloqalari tobora mustahkamlanib bormoqda.
Bunga Qirg’izistonning Batken shahrida "Oltin kuz" o’zek-qirg’iz xalqlari qishloq xo’jaligi mahsulotlari xalqaro yarmarkasi o’tkazilganligi yaqqol misol bo’la oladi. Unda So’x va Rishton tumani qishloq xo’jaligi vakillari o’z mahsulotlari bilan ishtirok etishdi.
Mehmonlarni Batken rayoni davlat administratsiyasi rahbari Uchqunbek Imomaliyevich Jorobayev, Batken shahri meri Imomnazar Apizovich Barxanovlar samimiy kutib olishdi.
Ikki qardosh xalq vakillari yaramarka jarayonini ko’dan kechirib, bunday tadbirlar, ikki xalq manfaatiga xizmat qiluvchi hamkorlik amallarini muntazam davom ettirish lozimligini ta'kidlashdi.
Mazkur xalqaro tadbirga bag’ishlab o’tkazilgan uchrashuvda ikki tomon vakillari so’zga chiqib, O’zbekiston-Qirg’iziston hamkorligi yanagi bosqichga ko’tarilayotgani, bunda ikki davlat rahbarlarining odilona siyosati asosiy omil bo’layotganini qayd etdilar. Tadbir davomida mehmonlarga tashakkurnomalar va esdalik sovg’alar taqdim etildi.
Tadbir ikki qardosh xalq san'atkorlari chiqishlari bilan yanada fayzli o’tdi.
So’x tumani hokimligi Axborot xizmati
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram