SO’X TUMANIDA QARZDORNING “CHEVROLET NEXIA” AVTOTRANSPORT VOSITASI XATLANIB, AUKTSIONDA SOTILDI
2024-11-08 16:11:43 572
So’x tumanida qarzdorning “CHEVROLET NEXIA” avtotransport vositasi
xatlanib, auktsionda sotildi
Farg’ona viloyati Sux tumanida qarzdorning “NEXIA”SI xatlanib, auktsionda sotib yuborildi.
Ma'lum qilinishicha, Majburiy ijro byurosining So’x tumani bo’limi tomonidan fuqarolik ishlari bo’yicha Farg’ona tumanlararo sudining qarzdor M.U.A.dan “Kapitalbank” foydasiga kredit qarzini undirish, undiruvni “NEXIA”ga qaratish to’g’risidagi ijro hujjati bo’lim ish yurituviga kelib tushgan va ijro ishi yurituvi qo’zg’atilgan.
Qarzdor ijro hujjatida ko’rsatilgan qarzdorlikni 15 kunlik ixtiyoriy muddatda bartaraf qilishi to’g’risida ogohlantirilishiga qaramasdan, qarzdorlikni to’lashdan bo’yin tovlagani sababli garov mulki hisoblangan avtotransport vositasiga nisbatan qidiruv e'lon qilingan.
Olib borilgan tezkor qidiruv ishlar natijasida mashina topilib, davlat ijrochilari tomonidan xatlangan va kimoshdi savdolariga chiqarilgan.
Bo’lib o’tgan auktsion savdolariga ko’ra mazkur avtotransport vositasi 82 000 000 so’mga sotib olinib, g’oliblik bayonnomasiga asosan fuqaro M.I.ga topshirilgan.
Shuningdek, kimoshdi savdolaridan tushgan pul mablag’lari undiruvchi bank hisobraqamlariga o’tkazib berilishi ta'minlandi.
J.G.Mirhisenov - Byuroning So’x tuman bulimi davlat ijrochisi 1-darajali yurist
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook |
Telegram |
Telegram murojaat |
Youtube |
Instagram